Xitoy g‘arbida yuz bergan zilzila oqibatida 74 kishi halok bo'ldi

Mahalliy matbuotda tarqatilgan xabarlarga ko'ra, zilzila oqibatida 259 kishi jarohatlangan, 26 kishidan hanuzgacha xabar yo'q.

1876874
Xitoy g‘arbida yuz bergan zilzila oqibatida 74 kishi halok bo'ldi

 

Xitoy g‘arbidagi Sichuan provinsiyasida bir kun oldin sodir bo‘lgan 6,8 magnitudali zilzila oqibatida halok bo‘lganlar soni 74 nafarga yetdi.

Mahalliy matbuotda tarqatilgan xabarlarga ko'ra, zilzila oqibatida 74 kishi halok bo'lgan, 259 kishi jarohatlangan, 26 kishidan hanuzgacha xabar yo'q.

Xitoy zilzila tarmoqlari markazi bir kun avval Ganzi Tibet avtonom provinsiyasida 6,8 magnitudali zilzila sodir bo‘lganini ma’lum qildi.

Zilzila oqibatida suv, elektr, transport va telekommunikatsiya infratuzilmalari zarar ko'rgan. Tabiiy ofat hududida yo'llar yopilgani, kuchli yomg'ir va ko'chki xavfi tufayli qutqaruv ishlari qiyinchilik bilan olib borilmoqda.

Himolay tog'lari bilan tutashgan liniyada o'rin olgan Sikuan provinsiyasi Xitoyda kuchli zilzilalar eng ko'p sodir bo'ladigan mintaqalardan biridir.

2008 yilda viloyatda sodir bo'lgan 8,2 magnitudali zilzilada 69 ming kishi hayotdan ko'z yumgan edi.

2013 yilda Yaan shahri yaqinida sodir bo'lgan 7 magnitudali zilzilada esa, 200 ga yaqin qurbon bo'lgandi.


Tanlangan kalimalar: #zilzila , #Xitoy

Aloqador xabarlar