Afg‘onistonda 5,3 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi

Amerika Geologik xizmati ma'lum qilishicha, zilzila mahalliy vaqt bilan soat 02:27 da sodir bo'lgan. 5,3 magnitudali zilzila 10 kilometr chuqurlikda yuz bergan.

1875711
Afg‘onistonda 5,3 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi

 

Afg‘onistonda 5,3 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi.

Amerika Geologik xizmati ma'lum qilishicha, zilzila mahalliy vaqt bilan soat 02:27 da sodir bo'lgan. 5,3 magnitudali zilzila 10 kilometr chuqurlikda yuz bergan.

Zilzila epitsentri mamlakat sharqida, Pokiston chegarasida joylashgan Nangerhar viloyatining markaziy tumani Jaloloboddan 38 kilometr shimoli-sharqda joylashgan.

Zilzila atrofdagi viloyatlar, xususan, poytaxt Kobul va Pokistonning chegaradosh viloyatlarida ham sezilgan.

22 iyun kuni Afg‘onistonning sharqiy viloyatlarida sodir bo‘lgan 5,9 magnitudali zilzila oqibatida 1200 kishi halok bo‘lgandi.

Mamlakatda ayniqsa, qishloq joylarda infratuzilmaning yo‘qligi, uylar paxsadan qurilganligi natijasida zilzilalarda qurbonlar soni ko‘paymoqda.


Tanlangan kalimalar: #zilzila , #Afg'oniston

Aloqador xabarlar