AQSh, Germaniya, Fransiya va Britaniya yetakchilari muloqot qildi

Germaniya kansleri Olaf Scholz AQSh prezidenti Jo Bayden, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron va Buyuk Britaniya Bosh vaziri Boris Jonson bilan telefon orqali muloqot qildi.

1870679

Germaniya kansleri Olaf Shols, Amerika prezidenti Jo Bayden, Fransiya yetakchisi Emmanuel Makron va Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson suhbat chog'ida harbiylarni Zaporoje AESi atrofida o‘zlarini tiyib turishga chaqirdi.

Ta’kidlanishicha, yakshanba kuni mazkur siyosatchilar xalqaro vaziyat bo‘yicha fikr almashgan.

"Ular shuningdek, Zaporojedagi Ukraina atom elektr stansiyasi atrofida yuzaga kelgan vaziyatni ham muhokama qilishdi va harbiylarni ob’ekt atrofida o‘zlarini tiyib turishga chaqirdi. Xabarda MAGATE mutaxassislari tez orada ob’ektga kelishini ma’lum qilindi", – deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, Shols, Makron, Bayden va Jonson Ukrainani qo‘llab-quvvatlashda davom etishga kelishib olgan. Bundan tashqari, ular Yaqin Sharqdagi vaziyatga hamda Eron bilan yadroviy kelishuv bo‘yicha olib borilayotgan muzokaralarga ham e’tibor qaratgan.

Tanlangan kalimalar: #Germaniya

Aloqador xabarlar