Abdullohiyon: Turk do‘stlarimizning xavfsizlik masalasidagi tashvishlari tezroq hal qilinishi kerak
Abdullohiyon kecha poytaxt Anqarada Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘lu bilan bo‘lgan uchrashuvlari ortidan uyushtirilgan mushtarak matbuot anjumanida nutq so‘zladi.

Eron Tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullohiyon Turkiyaning Suriyadagi xavfsizlik muammolarining eng qisqa vaqtda butunlay hal qilinishi kerakligini qayd etdi.
Abdullohiyon kecha poytaxt Anqarada Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘lu bilan bo‘lgan uchrashuvlari ortidan uyushtirilgan mushtarak matbuot anjumanida nutq so‘zladi.
Turkiyaning Suriya masalasida ta’kidlagan xavfsizlik masalasidagi tashvishlariga to‘xtalgan Abdullohiyon:
“Biz Turkiyaning bu boradagi tashvishlarini yaxshi tushunamiz. Ayni vaqtda maxsus harakatni kun tartibiga olib chiqqanini ham tushunamiz. Mavzu ustidan hurmatli hamkasbim Chavusho‘g‘lu bilan batafsil gaplashdik. Turk tomonining va turk do‘stlarimizning xavfsizlik masalasidagi tashvishlari imkon qadar tezroq, eng muhimi butunlay hal qilinishi kerak”.-deya gapirdi.
Turkiyaning Quddus va Falastin masalasidagi ko‘z qarashidan har doim boxabarligi va bundan amin ekanliklarini ifoda etgan Abdullohiyon,
“Turkiya Quddus va Falastinni qo‘llab-quvvatlashdan hech qachon voz kechmadi, voz kechmaydi ham. Lekin sionistlar qayerga bormasin, borgan joyiga har doim ishonchsizlik bilan fitna olib bordi”.-dedi.
Eronning qo‘shnilari bilan bo‘lgan munosabatlarini chuqurlashtirish va mustahkamlash istagiga ham to‘xtalgan Abdullohiyon:
“Eron Islom Respublikasi uchun Turkiyaning xavfsizligi Eron xavfsizligidir. Biz mintaqa, doʻst va qardosh davlatga (Turkiya) faqatgina yaxshilik tilaymiz”.-deya gapirdi.
Aloqador xabarlar

Zelenskiy Bahmutga tashrif uyushtirdi
Vladimir Zelenskiy Ukrainaning Donetsk viloyatidagi Bahmut jabhasiga tashrif uyushtirdi.
Perudagi to‘fon 65 kishining umriga zomin bo‘ldi
Ayniqsa poytaxt Limada avj olgan to‘fon, suv toshqinlari yuzasidan yuzlab vayronaga yo‘l ochdi.