Rossiya bilan BMT g‘alla yetkazib berish masalasini muhokama qildi

Aleksandr Fomin bilan Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Bosh kotibining gumanitar masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Martin Griffits, poytaxt Moskvada uchrashdi.

1836918
Rossiya bilan BMT g‘alla yetkazib berish masalasini muhokama qildi

Rossiya Mudofaa vaziri o‘rinbosari Aleksandr Fomin bilan Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Bosh kotibining gumanitar masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Martin Griffits, Ukraina portlaridan g‘alla yetkazib berish masalasini muhokama qildi.

Rossiya Mudofaa vazirligi tomonidan mavzu haqida yozma ravishda berilgan bayonotga ko‘ra Fomin bilan Griffits, poytaxt Moskvada uchrashgan.

Qayd etilishicha uchrashuvda, Ukrainadan yo‘lga qo‘yiluvchi g‘alla eksportidagi muammolar muhokama qilingan.

Unda Fomin, Rossiyaning, Ukrainaning Qora dengizdagi portlariga monelik qilmaganini bildirgan. Shuningdek Ukraina portlaridan chiquvchi kemalar uchun gumanitar yo‘laklar 2022-yilning mart oyidan beri ochiq ekanini yodga solgan.

Aleksandr Fomin Griffitsga, Qora dengizdagi portlarni minalardan tozalash mas’uliyati Ukraina zimmasida ekanini ham yetkazgan.

Muhokama chog‘ida oziq-ovqat tarmog‘idagi inqirozga AQSh va G‘arb davlatlarining yuk tashish zanjirlariga kiritilgan sanktsiyalar sabab bo‘lgani ifoda etilar ekan ayni vaqtda, Rossiyaning eng asosiy eksportchilaridan biri bo‘lgan g‘allaga ham ba’zi cheklovlar kiritilganiga e’tibor qaratilgan.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya askarlari 24-fevral kuni Ukrainaga qarshi harbiy hujum boshlatgandi.



Aloqador xabarlar