Misrda terroristlar bilan to'qnashuvda 11 askar halok bo'ldi

Misr armiyasining Facebook’dagi rasmiy sahifasida berilgan yozma bayonotga ko’ra, Suvaysh kanali sharqidagi suv tozalash inshootiga hujum qilishga uringan bir guruh terrorist bilan qizg’in to’qnashuv yuz bergan.

1823553
Misrda terroristlar bilan to'qnashuvda 11 askar halok bo'ldi

 

Misrning Sinay yarim orolidagi Suvaysh kanalining sharqida bir guruh terroristlar bilan chiqqan to'qnashuvda 11 askar halok bo'ldi, 5 askar yaralandi.

Misr armiyasining Facebook’dagi rasmiy sahifasida berilgan yozma bayonotga ko’ra, Suvaysh kanali sharqidagi suv tozalash inshootiga hujum qilishga uringan bir guruh terrorist bilan qizg’in to’qnashuv yuz bergan.

Bayonotda, to'qnashuvda 11 askarning hayotdan ko'z yumgani, 5 askarning yaralangani qayd etildi.

Bundan tashqari, mojarodan keyin Sinaydagi evakuatsiya qilingan hududda terrorchilar qurshab olingani ma`lum qilingan.

Misr Qurolli kuchlarining terrorizmni to'liq tugatishga qaratilgan sa'y-harakatlari davom etmoqda.


Tanlangan kalimalar: #Misr

Aloqador xabarlar