Ukraina urushida 208 nafar bola halok bo'lgan

Ukraina Bosh prokurori tomonidan berilgan bayonotda, Rossiya armiyasining bombardimonlarida 1141 ta ta'lim muassasasining zarar ko'rgani, 99 tasi butunlay vayron bo'lgani bildirildi.

1815588
Ukraina urushida 208 nafar bola halok bo'lgan

 

Rossiya armiyasining Ukrainadagi hujumlarida 208 bola hayotdan ko'z yumdi, 376 bola yaralandi.

Ukraina Bosh prokurori tomonidan berilgan bayonotda, Rossiya armiyasining bombardimonlarida 1141 ta ta'lim muassasasining zarar ko'rgani, 99 tasi butunlay vayron bo'lgani bildirildi.

Bayonotda, Rossiya hujumlari boshlangan 24-fevraldan buyon dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, 208 bolaning hayotdan ko'z yumgani, 376 bolaning yaralangani qayd etildi.

Ukraina Bosh vazir o'rinbosari Irina Vereshchuk ma'lum qilishicha, tinch aholini evakuatsiya qilish uchun kecha ochilgan gumanitar yo'lak vositasida 4 ta evakuatsiya avtobusi Mariupolni tark etishga muvaffaq bo'lgan. Berdyanskda tunab qolgan tinch aholi esa, bugun Zaporojyaga yetib boradi.

Ayollar, bolalar va keksalarni evakuatsiya qilish ishlari bugun ham davom etishini ta'kidlagan Vereshchuk, urush zonalarida xavfsizlik vaziyatining murakkab ekanligini va har qanday vaqtda o'zgarishi mumkinligini ta'kidladi.

Ayni paytda, Ukraina prezidenti devonining katta maslahatchisi Oleksiy Arerestovichning aytishicha, hozirda Ukrainada 90 mingga yaqin rus askari bor.

Arerestovich matbuotga bergan bayonotida, Ukraina chegarasida yana 22 ming rus askari kutayotganini aytdi.


Tanlangan kalimalar: #Ukraina

Aloqador xabarlar