Armaniston Turkiya bilan olib borilayotgan muzokaralarning to‘xtab qolish xavfidan xavotirda

Pashinyan, Turkiya bilan Armaniston munosabatlarining normallashuv jarayonini baholadi.

1811893
Armaniston Turkiya bilan olib borilayotgan muzokaralarning to‘xtab qolish xavfidan xavotirda

Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan, Turkiya bilan olib borilayotgan muzokaralar to‘xtab qolmasligi uchun qo‘llaridan kelganini qilishlari kerakligini qayd etdi.

Pashinyan, Armaniston parlamentidagi nutqida, Turkiya bilan Armaniston munosabatlarining normallashuv jarayonini baholadi.

Armaniston Bosh vaziri Pashinyan, Anqara bilan muzokaralarni davom ettirish va muloqot o‘rnatilishi kerakligiga ishonchi komil ekanini ta’kidladi.

Nikol Pashinyan,

“Turkiya bilan olib borilgan muzokaralar to‘xtab qolmasligi uchun qo‘limizdan kelganini qilishimiz kerak. Jarayon natijalari unchalik ham tez olinmasligi mumkunligini tushunib turibmiz va buni xalqaro hamkorlarimizga ham aytyapmiz. Ammo natijalar tez olinmasa unda to‘xtab qolish xavfi bor. Buning oldini olish uchun kichik qadamlar bilan ilgarilashimiz lozim. Xalqaro sheriklarimiz, Turkiya-Armaniston munosabatlarining normal tus olishini to‘liq qo‘llab-quvvatlamoqda”.-degan ifodalarga o‘rin berdi.



Aloqador xabarlar