Sudanda afrikalik va arab qabilalari o'rtasidagi to'qnashuvda 45 kishi halok bo'ldi

Janubiy Darfur xavfsizlik qo‘mitasi tomonidan berilgan bayonotga ko‘ra, halok bo‘lganlar orasida ayollar va bolalar ham bor.

1805733
Sudanda afrikalik va arab qabilalari o'rtasidagi to'qnashuvda 45 kishi halok bo'ldi

 

Sudanning Janubiy Darfur shtatida afrikalik va arab qabilalari o'rtasidagi to'qnashuvda 45 kishi halok bo'ldi.

Janubiy Darfur xavfsizlik qo‘mitasi tomonidan berilgan bayonotga ko‘ra, 29-mart kuni viloyat markazi Niyala shahrining qishloq hududlarida Afrika millatiga mansub Fellate va Arab Rizeygat qabilalari o‘rtasidagi kelishmovchilik mojaroga aylangan.

To'qnashuvlarda 45 kishi halok bo'lgan. Halok bo‘lganlar orasida ayollar va bolalar ham bor.

Voqealarda kamida 20 kishi jarohat olgani xabar qilingan.

Mamlakat g‘arbidagi 5 shtatdan tashkil topgan Darfur mintaqasida qabilaviy to‘qnashuvlar tufayli har yili yuzlab insonlar hayotdan ko‘z yummoqda, minglab insonlar uy-joyini tashlab ketmoqda.

Individual qurollanish keng tarqalgan mintaqada yer, yaylov va suv resurslari talashishlari kabi qabilalar oʻrtasidagi ziddiyatlar tufayli vaqti-vaqti bilan nizolar kelib chiqadi.


Tanlangan kalimalar: #Sudan

Aloqador xabarlar