Zelenskiy, Biz betaraflik maqomini o‘zgartirishga tayyormiz dedi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy mamlakati Konstitutsiyaga betaraflik maqomi bo‘yicha o‘zgartirishlar kiritishga tayyorligini ma’lum qildi.

1803200
Zelenskiy, Biz betaraflik maqomini o‘zgartirishga tayyormiz dedi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy mamlakati Konstitutsiyaga betaraflik maqomi bo‘yicha o‘zgartirishlar kiritishga tayyorligini ma’lum qildi.

Zelenskiy rossiyalik jurnalistlarga bergan bayonotida.

“Biz xavfsizlik kafolati, betaraflik va yadrosiz maqom kabi masalalarda yurishga tayyormiz. Bu Rossiyaning birinchi (talab qilingan) tamoyili edi. men eslaganimga ko’ra shuning uchun ular urush boshlashdi, deya ifoda etdi.

Zelenskiy Ukrainaning xavfsizlik kafolati muhokama qilinganini, lekin u Budapesht memorandumi kabi shunchaki qog‘oz parchasi bo‘lishini istamasligini aytdi.

“Shuning uchun biz ushbu hujjatning ushbu kafolatning barcha kafillari tomonidan imzolanadigan jiddiy kelishuvga aylanishidan   tarafdorimiz. Bu hujjat kafil davlatlar parlamentlari tomonidan ma’qullanishi va bu masala bo‘yicha Ukrainada referendum o‘tkazilishi kerak”, — dedi u.

Bu referendum Konstitutsiyaga bir necha oy ichida betaraflik toʻgʻrisida oʻzgartirishlar kiritish imkonini berishiga ishora qilgan Vladimir Zelenskiy bunday maqom va xavfsizlik kafolatlari boʻyicha yangilanishlarni faqat jamoatchilik hal qilishi mumkinligini taʼkidladi.

Rossiya armiyasi mamlakatda bo'lsa, kafil davlatlar kelishuvga erisha olmasligiga ishora qilgan Zelenskiy, urushni tezroq tugatish mumkinligini, lekin Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va uning atrofidagi odamlar buni cho'zayotganini aytdi.

Ukraina rahbari

"Shuning uchun biz (Rossiya prezidenti Vladimir) Putin bilan to'g'ridan-to'g'ri gaplashishimiz kerak. Kelishuvga erishish uchun u Ukrainadan o'z qo'shinlarini olib chiqib, men bilan uchrashishga kelishi kerak". dedi.

           


Tanlangan kalimalar: #Tayyor , #betaraflik , #Vladimir Zelenskiy

Aloqador xabarlar