Zelenskiy Baydenga Abramovichga sanksiya qo‘llamaslikni maslahat berdi

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy AQSH Prezidenti Jo Baydenga rossiyalik tadbirkor Roman Abramovichga nisbatan vaqtincha cheklov choralarini qo‘llamaslikni maslahat berdi, chunki u Rossiya bilan muzokaralarda yordam berishi mumkin.

1801103

Bu haqda “Wall Street Journal” gazetasida ma'lum qilingan.

Nashrning yozishicha, mart oyi boshida AQSH Moliya vazirligi xodimlari Abramovichga qarshi sanksiyalar tayyorlagan, biroq YeI va Buyuk Britaniya bilan parallel ravishda chora-tadbirlar e’lon qilish vaqti kelganida, Oq uydagi Milliy xavfsizlik kengashi G‘aznachilikdan bu chora-tadbirlardan voz kechishni so‘ragan.

“Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy yaqinda bo‘lib o‘tgan telefon suhbatida Prezident Baydenga tinchlik muzokaralarida Rossiya bo‘yicha muhim vositachi bo‘la oladigan oligarxga nisbatan sanksiyalar qo‘llashga shoshmay turishni maslahat bergan”, deyiladi nashr xabarida.

Tadbirkorning maslahatchisi Abramovichning muzokaralar jarayonidagi ishtiroki haqida izoh berishdan bosh tortgan. 

Buyuk Britaniya hukumati 10-mart kuni rossiyalik yetti tadbirkorga, jumladan, Angliyaning “Chelsi” futbol klubi rahbari Roman Abramovichga qarshi sanksiyalar joriy qildi. Keyinroq Yevropa Ittifoqi ham Abramovichga qarshi sanksiyalar kiritdi.

Aloqador xabarlar