Zelenskiy urushda tan jarohati olgan askarlar holidan xabar oldi

Ukraina Davlat rahbari Vladimir Zelenskiy, urushda tan jarohati olgan askarlar holidan xabar oldi.

1794954
Zelenskiy urushda tan jarohati olgan askarlar holidan xabar oldi

Ukraina Davlat rahbari Vladimir Zelenskiy, Rossiyaning Ukrainaga qarshi uyushtirgan hujumlari oqibatida tan jarohati olgan askarlar holidan xabar oldi.

Ukraina Mudofaa vazirligi tomonidan mavzu haqida yozma ravishda berilgan bayonotda, “Davlat rahbari Vladimir Zelenskiy Ukrainani himoya qilgan yarador askarlar holidan xabar olishga bordi”.-degan ifodalarga o‘rin berildi. 

Davlat rahbarining yarador askarlar holidan xabar olish uchun qaysi kasalxonaga borgani haqida ma’lumot bo‘lishilmagan bayonotda, Zelenskiyning yarador askarlarga, “Bolalar tezroq tuzalib keting! Hamma uchun eng yaxshi sovg‘a mushtarak g‘alabamiz bo‘lishiga ishonchim komil”.-degani qayd etildi.

Boshqa tomondan Vladimir Zelenskiy oʻzining Twitter sahifasida Buyuk Britaniya Bosh vaziri Boris Jonson, Chexiya Bosh vaziri Petr Fiala, Slovakiya Prezidenti Zuzana Chaputova va Ruminiya Prezidenti Klaus Yoxannis bilan telefon orqali alohida-alohida muloqot qilganini ma’lum qildi.

Zelenskiy Gretsiya Bosh vaziri Kiryakos Michotakis bilan ham telefon orqali muloqat qildi.

Gretsiya Bosh vazirlik ofisidan mavzu haqida berilgan bayonotga ko‘ra Zelenskiy tashabbusi bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvning eng asosiy kun tartibi, Rossiyaning Ukrainaga qarshi uyushtirgan hujumlarining salbiy oqibatlariga qarshi kurashish usullari bo‘lgan.

Michotakis muloqat chog‘ida Gretsiyaning Ukrainaga yordam yuborish va ukrainalik qochqinlarni qabul qilishni o‘z ichiga olgan qo‘llab-quvvatlash mazmunidagi so‘zlarini takrorlagan.

Ukrainalik grek fuqarolar istiqomat qiluvchi hududlardagi dramatik vaziyat ham qo‘lga olingan muloqatda Michotakis, Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti binosida chorasiz qolgan Gretsiyaning Mariupol Bosh konsuli va boshqalarining xavfsiz ravishda mintaqadan uzoqlashtirilishiga bergan ahamiyat ham bildirildi.

Zelenskiy boshqa postida Microsoft SAP va Oracle xalqaro texnologiya shirkatlariga murojaat qilib,

“Bundan buyon yarim qaror yoki yarim ranglar imkonsiz. Faqat oq va qora, yaxshi yoki yomon bor. Yo tinchlik tarafdorisiz yoki ukrainalik bolalar bilan ayollarni o‘ldirishi uchun qonli rus hujumlarini qo‘llab-quvvatlaysiz. Microsoft, Oracle, SAP, Rossiyaga mahsulot yetkazishni to‘xtating va urush tugasin”,-dedi.

AQShning Microsoft texnologiya shirkati 4-mart kuni Rossiyadagi barcha mahsulot va xizmat sotishlarini to‘xtatganini, Oracle esa 3-mart kuni Ukrainadagi urush tufayli Rossiyadagi faoliyatini keyingiga qoldirganini ma’lum qilgandi.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya askarlari 24-fevraldan beri Ukrainaga qarshi hujum uyushtirmoqda.



Aloqador xabarlar