Rossiya-Ukraina muzokaralarining to‘rtinchi raundi boshlandi

"Muzokaralarning to‘rtinchi raundi boshlandi. Unda tinchlik, o‘t ochishni to‘xtatish, qo‘shinlarni zudlik bilan olib chiqib ketish va xavfsizlik kafolatlari muhokama qilinadi. Murakkab suhbat",-dedi Mixail Podolyak.

1795112
Rossiya-Ukraina muzokaralarining to‘rtinchi raundi boshlandi

 

Bugun, 14-mart kuni Rossiya-Ukraina delegatsiyalari muzokaralarining to‘rtinchi raundi boshlandi. Bu haqda Ukraina Prezidenti devonining maslahatchisi Mixail Podolyak ma’lum qildi.

“Muzokaralar videokonferensiya formatida tinimsiz davom etmoqda. Ishchi guruhlar faol. Ko‘p sonli masalalar doimiy e’tiborni talab qiladi. 14-mart, dushanba kuni dastlabki natijalarni sarhisob qilish bo‘yicha muzokaralar sessiyasi bo‘lib o‘tadi”, deb yozgan u Twitter’da.

Podolyak muzokaralarning to‘rtinchi raundi murakkab o'tishini qayd etgan. Uning ta'kidlashicha, bu safar muzokaralarda muhim masalalar muhokama qilinadi.

"Muzokaralarning to‘rtinchi raundi boshlandi. Unda tinchlik, o‘t ochishni to‘xtatish, qo‘shinlarni zudlik bilan olib chiqib ketish va xavfsizlik kafolatlari muhokama qilinadi. Murakkab suhbat", deb yozgan u ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Avvalroq, Rossiya Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov muzokaralar dushanba kuni videokonferensiya orqali davom etishini ma’lum qilgandi.

Eslatma: 28-fevral kuni Belarusning Gomel viloyatida birinchi Rossiya-Ukraina muzokaralari bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv besh soat davom etdi. Muzokaralarning ikkinchi bosqichi esa, 3-mart kuni Belovej o‘rmoni hududida bo‘lib o‘tgan.  Uning natijalaridan biri tomonlar o‘rtasida aholini evakuatsiya qilish uchun gumanitar yo‘laklar bo‘yicha kelishuv bo‘ldi.

7-mart kuni Brest viloyatida delegatsiyalar uchinchi marta uchrashdi. 10-mart kuni Turkiyaning Antaliya shahrida bo‘lib o‘tgan diplomatik forum doirasida Rossiya va Ukraina Tashqi ishlar vazirlari Sergey Lavrov va Dmitriy Kuleba o‘rtasida ham uchrashuv bo‘lib o‘tdi.


Tanlangan kalimalar: #Rossiya , #Ukraina

Aloqador xabarlar