Qurg‘oqchilik yuzasidan 13 milliondan ortiq inson ochlikka qarshi kurashmoqda

Efiopiya, Keniya va Somalidagi qurg‘oqchilik yuzasidan, 13 milliondan ortiq inson ochlikka qarshi kurashmoqda.

1791028
Qurg‘oqchilik yuzasidan 13 milliondan ortiq inson ochlikka qarshi kurashmoqda

Efiopiyada davom etayotgan qurg‘oqchilik tufayli Somali va Oromiya mintaqalarida 10 million kishi oziq-ovqat yordami kutayotgani bildirildi.

Mintaqaviy ofatlar xavfini boshqarish yetakchiligi rahbari Sadik Abdulkadir Halif, ko‘rilgan chora-tadbirlarga qaramay qurg‘oqchilikning xalqqa bo‘lgan ta’siri kamaymaganiga e’tibor qaratib, 1 milliondan ortiq hayvonning nobud bo‘lganini ma’lum qildi.

Halif shuningdek:

“Qurg‘oqchilik tufayli Somalida 10 million kishi og‘ir ahvolda”.-degan ifodalarga o‘rin berdi.

Somali viloyatida yashovchi Abdikadir O‘mer, 200 echkisi borligi va qurg‘oqchilik yuzasidan ularning yarmi nobud bo‘lganini bildirdi.

O‘mer bu haqida:

“Echkilarimni qurg‘oqchilikdan qutqarish uchun ijaraga yuk tashuvchi mashina oldim va ularni boshqa joyga olib boraman lekin nima bo‘lishini bilmayman. Umid qilamanki, oziq-ovqat yordami o‘z vaqtida keladi”.-deya gapirdi.

Qurg‘oqchilik tufayli 10 nafar bolasi va 200 qoramoli bilan uyini tark etishga majbur bo‘lgan Num’a Muhamed ham, ko‘plab hayvonidan ajraganini bildirdi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Efiopiya, Keniya va Somalidagi qurg‘oqchilikning 1981-yildan beri og‘ir qayd etilgani va 13 milliondan ortiq insonning ochlikka qarshi kurashayotganini ta’kidladi.


Tanlangan kalimalar: #Efiopiya , #ochlik , #Qurg‘oqchilik

Aloqador xabarlar