Rossiya bilan Ukraina o‘rtasida shartsiz muzokaralar boshladi

24-fevralda boshlagan rus hujumlarining 5-kunida omma e’tibori Rossiya va Ukraina delegatsiyalari oʻrtasidagi muzokaralarga qaratildi.

1787067
Rossiya bilan Ukraina o‘rtasida shartsiz muzokaralar boshladi

Belarus chegarasida Rossiya bilan Ukraina o‘rtasida shartsiz muzokaralar boshladi.

24-fevralda boshlagan rus hujumlarining 5-kunida omma e’tibori Rossiya va Ukraina delegatsiyalari oʻrtasidagi muzokaralarga qaratildi.

Ukraina-Belarus chegarasida uyushtirilgan Rossiya va Ukraina delegatsiyalari o‘rtasidagi uchrashuvning kun tartibi Rossiya hujumlarini to‘xtatish va favqulodda o‘q uzish ustidan kelishuvga erishishdir.

Interfaks agentligi, rossiyalik muzokarachilardan biri bergan ma’lumotga tayangan holda, Rossiyaning Ukraina bilan imkon qadar tezroq kelishuvga erishish niyatida ekanini qayd etdi.

Muzokarachining, “Har qanday kelishuv ikkala tomonning ham manfaatiga xizmat qiladi”,- degani ta’kidlandi.

Ukraina muzokara chog‘ida, Rossiyadan o‘q uzishni to‘xtatishini va qo‘shinlarini zudlik bilan olib ketishini talab qilmoqda.

Bu haqida Ukraina Davlat rahbari Vladimir Zelenskiy ijtimoiy tarmoq orqali bergan bayonotida:

“Biz Ukraina delegatsiyasining Ukraina-Belarus chegarasidagi Pripyat daryosi mintaqasida rus hay’ati bilan hech qanday shartlarsiz uchrashishi haqida kelishib oldik”,-degandi.

 

 

 



Aloqador xabarlar