Gvatemalada 6,2 magnitudali zilzila sodir bo'ldi

Tabiiy ofat oqibatlarini yumshatish milliy koordinatori tomonidan berilgan bayonotda, zilziladan jabr ko'rganlar soni 89 ming 785 nafarga yetar ekan, guruhlarning qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda.

1780899
Gvatemalada 6,2 magnitudali zilzila sodir bo'ldi

 

Gvatemalaning Eskuintla viloyatida 16-fevral kuni sodir bo‘lgan 6,2 magnitudali zilzila qurbonlari soni 3 nafarga yetdi.

Tabiiy ofat oqibatlarini yumshatish milliy koordinatori tomonidan berilgan bayonotda, zilziladan jabr ko'rganlar soni 89 ming 785 nafarga yetar ekan, guruhlarning qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda.

Zilzilada hozirgacha 3 kishi hayotdan ko'z yumdi, 61 nafar yaradorning davolanishi davom etmoqda.

Milliy seysmologiya instituti 83 kilometr chuqurlikda sodir bo‘lgan zilzila epitsentri Eskuintla mintaqasidagi Nueva-Konsepsion shahridan 33 kilometr janubi-g‘arbda bo‘lganini ma’lum qildi.

Zilzila Gvatemalaning 22 ta hududida va Meksika janubida ham sezilgan.


Tanlangan kalimalar: #Gvatemala

Aloqador xabarlar