Fransiyaning Bon-Enkontr shahrida musulmonlarga tegishli bozorga o’t qo’yildi

Fransiyaning “La Depeche” gazetasi xabarida, Bon-Enkontrdagi  market  oldingi kechada o‘t qo‘yilgani va uning devoriga fashistlarning ramzi bo‘lgan svastika chizilgani bildirildi.

1770751
Fransiyaning Bon-Enkontr shahrida musulmonlarga tegishli bozorga o’t qo’yildi

 

Fransiyaning janubi-g‘arbidagi Bon-Enkontr shahrida musulmonlarga tegishli bozorga o’t qo’yilgan.

Fransiyaning “La Depeche” gazetasi xabarida, Bon-Enkontrdagi  market  oldingi kechada o‘t qo‘yilgani va uning devoriga fashistlarning ramzi bo‘lgan svastika chizilgani bildirildi.

Qayd etilishicha, noyabr oyida ochilgan bozor  butun ichki qismi yonib zarar ko‘rgan, ammo jabrlanganlar yo‘q.

Politsiya voqeaning o't qo'yish ekanligini ma'lum qilgan bo'lsada, masala yuzasidan tergov boshlangan.

Qayd etilishicha, hodisa tufayli  bozorda  ishlayotgan 3 kishi hozir ishsiz.

O‘ta so‘lchi Fransiyaning “Bo‘ysunmagan fransiya   harakati” deputati Mathilde Panot o‘zining Twitter’dagi sahifasida voqeaga  reaksiya ko’rsatdi.

Yana o‘sha ommaviy axborot vositalari va siyosatchilar musulmonlardan nafrat qilinmoqda” iborasini ishlatgan.

Bu haqda fransuz yozuvchisi va siyosatchisi Tomas Portes o‘zining Twitter sahifasida ma’lum qildi.

"Bu irqchilik hujumlari dahshatli va ularning aybdorlari qattiq jazolanishi kerak. O'ta o'nglar g'oyalari qayerga ketayotgani aniq". Deya u baham ko'rdi.


Tanlangan kalimalar: #O't qo'yild , #Bozor , #Musulmon , #Fransiya

Aloqador xabarlar