Hindiston Brahmos raketasining dengiz variantini sinovdan o‘tkazdi

Hindiston o‘zining ilg‘or tovushdan tez uchadigan Brahmos qanotli raketasining dengiz variantini muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazganini ma’lum qildi.

1761384
Hindiston Brahmos raketasining dengiz variantini sinovdan o‘tkazdi

 

Hindiston o‘zining ilg‘or tovushdan tez uchadigan Brahmos qanotli raketasining dengiz variantini muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazganini ma’lum qildi.

Hindiston Mudofaa tadqiqotlari va ishlanmalari tashkiloti (DRDO) bayonotida,

"BrahMos tovushdan tez uchuvchi qanotli raketaning dengizdan dengizgacha bo'lgan ilg'or varianti bugun INS Visakhapatnamdan sinovdan o'tkazildi. Raketa belgilangan nishonga aniq tegdi". ifodalar ishlatilgan.

Mudofaa vaziri Rajnat Singxning aytishicha, raketaning muvaffaqiyatli uchirilishi Hindiston harbiy-dengiz kuchlarining xizmatga tayyorligini tasdiqladi.

Noyabr oyida Hindiston harbiy-dengiz kuchlari dengizda ovozdan tez tez uchadigan Brahmos qanotli raketasini muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazdi.

Ma`lum qilinishicha, raketa may oyida Su-30 MKI qiruvchi samolyotidan, sentabr oyida esa Odishadagi integratsiyalashgan sinov poligonidan muvaffaqiyatli uchirilgan.

Hindistonning Brahmaputra daryosi va Rossiyaning Moskva daryosi nomi bilan atalgan Brahmos raketasi ikki davlat tomonidan birgalikda ishlab chiqilmoqda.

Ovozdan 2,8 barobar tezroq bo'lgan Brahmos raketasi havo, quruqlik va dengizdan uchirilishi mumkin.

 

 

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Raketa , #supersonik Brahmos , #Hindiston

Aloqador xabarlar