Gaiti bosh vaziri Ariel Henriga qarshi suiqasd sodir etildi

Gaiti bosh vaziri Ariel Henri mamlakat mustaqilligining 218 yilligini nishonlash paytida unga qarshi uyushtirilgan suiqasddan omon qoldi.

1756830
Gaiti bosh vaziri Ariel Henriga qarshi suiqasd sodir etildi

 

Gaiti bosh vaziri Ariel Henri mamlakat mustaqilligining 218 yilligini nishonlash paytida unga qarshi uyushtirilgan suiqasddan omon qoldi.

Suiqasd uyushtirish chog‘ida ro'y bergan mojaroda 1 kishi halok bo‘ldi.

Gaiti matbuotida chop etilgan xabarda, Bosh vazir Henri milliy mustaqillikning 218 yilligi nishonlangan Gonaives shahrida cherkovni tark etar ekan, bir suiqasd uyushtirilgani ma'lum qilindi.

Xabarda Henrining hujumdan sog'-salomat qutulganligi, hujum natijasida sodir bo'lgan to'qnashuvda kimligi noma'lum bir kishining hayotdan ko'z yumgani, bir necha kishining yaralangani bildirildi.

Suiqasddan so‘ng hukumat mamlakat bo'ylab rejalashtirilgan boshqa tadbirlarni bekor qildi.

Eslatish joizki, mamlakat prezidenti Jovenel Moise iyul oyida o‘z uyida o‘ldirilgan edi.


Tanlangan kalimalar: #Gaiti

Aloqador xabarlar