Belgiyada ro‘mol o‘rashni taqiqlovchi qonunga o‘zgartirish kiritildi

Bryusselda joylashgan Teng Imkoniyatlar Markazi (UNIA) bayonotiga ko'ra, Belgiya Yevropa Kengashi Vazirlar qo'mitasining hukumatni ogohlantirishi bilan yuqorida qayd etilgan moddani o'zgartirdi.

1746412
Belgiyada ro‘mol o‘rashni taqiqlovchi qonunga o‘zgartirish kiritildi

 

Belgiyada uzoq vaqtdan so‘ng ro‘mol o‘rashni taqiqlovchi qonunni o‘zgartirgani ma’lum qilindi.

Bryusselda joylashgan Teng Imkoniyatlar Markazi (UNIA) bayonotiga ko'ra, Belgiya Yevropa Kengashi Vazirlar qo'mitasining hukumatni ogohlantirishi bilan yuqorida qayd etilgan moddani o'zgartirdi.

2018-yilda muslima ayol Belgiyadagi mahkama ro‘mol o‘ragan holda zalga kirishiga ruxsat bermagani uchun Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sudiga murojaat qilgan edi.

AİHM Belgiyani Jinoyat kodeksining 759-moddasiga asoslanib qoraladi va buning din erkinligiga zid ekanligiga qaror qildi.

iroq Belgiya Adliya vazirligi qonunga o‘zgartirish kiritish o‘rniga, sudlarga sirkulyar yuborish orqali AİHM qarorini xabardor qilish bilan kifoyalangan edi.

UNIA bayonotida aytilishicha, tashkilot AİHM qarorlarining bajarilishini nazorat qilish uchun mas'ul bo'lgan Yevropa Kengashi Vazirlar qo'mitasiga murojaat qilgan va qonunga o'zgartirish kiritishga kirishgan.

 


Tanlangan kalimalar: #Musulmon , #Hijoj , #Belgiya

Aloqador xabarlar