Nigerdagi teraktda 69 kishi halok bo'lgani sababli milliy motam e'lon qilindi

Nigerning Mali chegarasida sodir etilgan teraktda 69 kishi hayotdan ko'z yumdi. Ular orasida Banibangu kommunasi meri ham bor. Yana 9 kishi bedarak yo‘qolgan.

1729840
Nigerdagi teraktda 69 kishi halok bo'lgani sababli milliy motam e'lon qilindi

 

Nigerning Mali chegarasida sodir etilgan teraktda 69 kishi hayotdan ko'z yumdi. Ular orasida Banibangu kommunasi meri ham bor. Yana 9 kishi bedarak yo‘qolgan.

Niger davlat televideniyesiga bayonot bergan ichki ishlar vaziri Alkache Alhada, Tillaberi tumanidagi Adab-Dab qishlog'iga 2 noyabr kuni noma'lum terror guruhlari tomonidan hujum uyushtirilganini aytdi.

Alhada hujumda 69 kishi hayotdan ko'z yumganini ma'lum qildi. Ular orasida Banibangou tumani hokimi ham bor.

Hujumning Banibangou munitsipaliteti delegatsiyasining qishloqqa tashrifi chog'ida uyushtirilgani va hayotdan ko'z yumganlar orasida xavfsizlikni ta'minlagan militsiyalarning ham borligi ma'lum bo'ldi.

Hujumga aloqador 9 kishi qidirilmoqda.

Hukumatdan berilgan yozma bayonotda, 69 kishi halok bo'lganligi sababli bugundan e'tiboran 48 soatlik milliy motam e'lon qilingani ma'lum qilindi.

Tillaberi bir muddat DEAShning Sahel bo'limi tomonidan hujumga uchragan.

Qo'shni davlat Malida faoliyat yuritayotgan Al-Qoida va DEASHga aloqador terror guruhlari Burkina Faso va Nigerda ham tez-tez hujumlar uyushtirmoqda.

Ma'lumot uchun, Tillaberi okrugi Niger, Mali va Burkina-Faso davlatlari chegaralari tutashgan strategik hududda joylashgan. Afrikaning bu qismida “G‘arbiy Afrikada Islom davlati” terrorchi guruhi otryadlari harakat qiladi. 2017 yildan beri Tillaberida favqulodda holat rejimi amal qiladi.


Tanlangan kalimalar: #Niger

Aloqador xabarlar