Amazon kompaniyasi asoschisi 5 iyulda o‘z lavozimini tark etadi

Uning iste’fosi ortidan kompaniya bosh direktori lavozimini Amazon web xizmati rahbari Endi Yassi egallaydi. Bezos hozirda 189 mlrd dollar boyligi bilan dunyoning eng boy odami bo’lib hisoblanadi.

1646664
Amazon kompaniyasi asoschisi 5 iyulda o‘z lavozimini tark etadi

 

Amerikadagi Amazon kompaniyasi asoschisi va bosh direktori Jyeff Bezos kompaniya tashkil etilgan kun – 5 iyulda o‘z lavozimini tark etishini ma’lum qildi.

U kompaniya aksiyadorlari yig‘ilishida Amazon 1994 yil 5 iyulda tashkil topganligini eslatdi.  Ushbu kun uning uchun tarixiy ahamiyatga ega ekanligini ta’kidladi.

“Ushbu kun men uchun ahamiyatli bo‘lgani sababli aynan shu kunni tanladik. Bundan 27 yil avval, 1994 yil 5 iyulda Amazon tashkil topgandi”, -dedi u.

Dunyoning eng badavlat odamining o‘z lavozimini tark etishi 2-fevral kuni ma'lum bo‘lgandi. Uning iste’fosi ortidan kompaniya bosh direktori lavozimini Amazon web xizmati rahbari Endi Yassi egallaydi.

Bezos hozirda 189 mlrd dollar boyligi bilan dunyoning eng boy odami bo’lib hisoblanadi.


Tanlangan kalimalar: #Jyeff Bezos , #Amazon

Aloqador xabarlar