Jo Bayden Prezident sifatida Kongressda ilk bor nutq so‘zlaydi

"Prezident davlat rahbari sifatida ishlaganining yuzinchi kuni arafasida, 28 aprel kuni Kongressning qo‘shma majlisida nutq so‘zlash uchun taklifni qabul qildi",- deyilgan Oq uy rasmiy bayonotida.

1620969
Jo Bayden Prezident sifatida Kongressda ilk bor nutq so‘zlaydi

 

AQSh Kongressi Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosi Prezident Jo Baydenni 28 aprel kuni Amerikaning qonun chiqaruvchi ikki palatasi oldida nutq so‘zlashga taklif qildi.

"Sizni 28 aprel, chorshanba kuni bo‘lib o‘tadigan Kongressning qo‘shma majlisida nutq so‘zlashga, muammolarni hal qilish va ushbu tarixiy lahzalarning imkoniyatlarini anglab yetish bo‘yicha o‘z fikrlaringizni o‘rtoqlashishga taklif qilaman”, -degan Pelosi Baydenga yo‘llagan maktubida. 

Keyinchalik Oq uy vakili Bayden Vakillar palatasi Spikerining taklifini qabul qilganini tasdiqlagan. 

"Prezident davlat rahbari sifatida ishlaganining yuzinchi kuni arafasida, 28 aprel kuni Kongressning qo‘shma majlisidanutq so‘zlash uchun taklifni qabul qildi",- deyilgan Oq uy rasmiy bayonotida. 

Ta’kidlanishicha, 28 aprel kuni Bayden Prezident sifatida Kongressda ilk bor nutq so‘zlaydi. 


Tanlangan kalimalar: #AQSh , #Kongress , #Jo Bayden

Aloqador xabarlar