Dunyoda Covid - 19 kasallik va o‘lim holatidagi o‘sishlar davom etmoqda

Dunyoda yangi turdagi koronavirus pandemiyasidan vafot etganlarning umumiy soni 497 ming 255 nafarga yetdi.

1444322
Dunyoda Covid - 19 kasallik va o‘lim holatidagi o‘sishlar davom etmoqda

Dunyoda yangi turdagi koronavirus pandemiyasidan vafot etganlarning umumiy soni 497 ming 551, o‘ziga virus yuqtirib olganlar soni 9 million 935 ming 207, sog‘ayib ketganlar soni esa 5 million 383 ming 817 nafarni ortda qoldirdi.

Dunyoda Covid – 19 holati eng ko‘p kuzatilgan to‘rtinchi davlatga aylangan Hindistonda yana 381 kishi vafot etdi. Bu orqali mamlakatda Covid – 19 dan vafot etganlarning umumiy soni 15 ming 712 nafar deb qayd etildi. Oxirgi 24 soatda 18 ming 276 yangi holatning aniqlanishi bilan bemorlarning umumiy soni 509 ming 523 nafarga yetdi.

Saudiya Arabistonida pandemiya yuzasidan vafot etganlar soni oxirgi 24 soatda 46 nafarga ko‘payib 1 ming 474, o‘ziga virus yuqtirib olganlar soni esa 3 ming 938 nafarga ortib 174 ming 577 nafarni tashkil etdi.

Eronda Covid – 19 yuzasidan vafot etganlar soni 10 ming 364, holat soni esa 220 ming 180 nafar.

Iroqda yangi turdagi koronavirus tufayli oxirgi 24 soatda 122 kishi vafot etdi, bu orqali ular soni 1 ming 559 nafar bo‘ldi. Mamlakatda pandemiya yoyila boshlagan birinchi kundan beri eng ko‘p o‘lim holati kuzatilar ekan turkman millatiga mansub aktyor Munaf Talib ham 80 yoshida Covid – 19 dan vafot etdi. Mamlakatda testdan o‘tgan 2 ming 54 kishidan ijobiy natija olinar ekan bu orqali holat soni 41 ming 193 nafarga yetdi.

Covid – 19 dan 8 ming 969 kishi vafot etgan Rossiyada holat soni 620 ming 794 nafar. Turizm bo‘yicha Federal agentlik (Rosturizm) rahbari Zarina Doguzova, Rossiyada Covid – 19 ga qarshi kurash chora va tadbirlari doirasida cheklangan turizm mavsumining mamlakatning 67 hududida 1 – iyuldan e’tiboran ochilishini qayd etdi. 

Qirg‘izistonda Prezidentlik apparatida ishlagan yana 9 kishida Covid – 19 holati aniqlandi. Bu orqali mazkur apparatda o‘ziga virus yuqtirib olganlar soni 17 nafarga yetdi. Testdan salbiy natija olgan Prezident Sooronbay Jeenbekovning o‘zini o‘zi izolyatsiya qilgani va o‘z vazifasini uzoqdan yurtigani haqida avval xabar berilgandi.  

Xitoyda pandemiya paydo bo‘lgan birinchi kundan beri 4 ming 634 kishi vafot etar ekan holat soni 83 ming 483 nafarga chiqdi. Milliy Sog‘likni Saqlash komissiyasi tomonidan mavzu haqida yozma ravishda berilgan bayonotga ko‘ra mamlakatda yangi 21 holat aniqlangan va ulardan 4 nafari chet ellik.

Janubiy Koreyada pandemiyadan 282 kishi vafot etdi, holat soni 12 ming 653 nafar. Kasallikni Nazorat qilish va oldini olish markazidan mavzu haqida berilgan bayonotda, oxirgi 24 soatda yangi 51 holat aniqlangan va ularning 20 nafari chet ellik. Yangi o‘lim holatining esa kuzatilmagani bildirildi. 

Afrika qit’asida yangi turdagi koronavirus pandemiyasidan vafot etganlarning umumiy soni 9 ming 317, holat soni esa 362 ming 616 nafarga chiqdi. Bugungacha eng ko‘p o‘lim holati 2 ming 638 nafar bilan Misrda qayd etilar ekan umumiy holat sonining 34 foizi Janubiy Afrikada kuzatildi. Seyshel orollari, Eritreya, Uganda, Namibiya va Lesotoda o‘lim qayd etilmagan.

Dunyoning ba’zi davlatlarida Covid – 19 tufayli vafot etganlar soni esa quyidagicha:

Pokiston 4 ming 35, Indoneziya 2 ming 720, Bangladesh 1 ming 695, Filippinda 1 ming 236, Qatar 109 va Singapurda 26.



Aloqador xabarlar