Kobulda prokuratura xodimlari qurolli hujumga uchradi

Afg’oniston poytaxti Kobulning Deh Sabz tumanida sodir etilgan hujumda Afg’oniston bosh prokuraturasining 5 nafar xodimi halok bo’ldi.

1440990
Kobulda prokuratura xodimlari qurolli hujumga uchradi

 

Afg’oniston poytaxti Kobulning Deh Sabz tumanida kimligi noma’lum bir guruh qurolli kishilar tomonidan hujum sodir etildi.

Hujum oqibatida Afg’oniston bosh prokuraturasining 5 nafar xodimi halok bo’ldi.

Kobul Xavfsizlik boshqarmasi xodimi Firdavs Faramarz ma’lum qilishicha, prokuratura xodimlari Deh Sabz tumanida qurolli hujumga uchragan. Ikki prokuror va bosh prokuraturaning uch nafar xodimi voqea joyida halok bo’lishgan.

Hujumni sodir qilgan qurolli kishilar qochishga muvaffaq bo’lgan.

Hozircha ushbu qurolli hujumni hech bir terror guruhi zimmasiga olmadi.

 


Tanlangan kalimalar: #hujum , #Kobul , #Afg'oniston

Aloqador xabarlar