Somalida, gumanitar yordam ashyolari tashiqgan uchoq, halokatga uchradi

Somalida koronavirus infektsiyasiga qarshi kurash doirasida gumanitar yordam ashyolarini tashigan uchoq halokatga uchradi. Oqibatida 6 kishi jon berdi.

1410851
Somalida, gumanitar yordam ashyolari tashiqgan uchoq, halokatga uchradi

Somalida yangi turdagi koronavirus (Covid - 19) infektsiyasiga qarshi kurash doirasida gumanitar yordam ashyolarini tashigan uchoq halokatga uchradi. Oqibatida 6 kishi jon berdi.

Somali Transport vaziri Muhammad Salad, poytaxt Mogadishudan Bardela mintaqasiga yordam ashyolari tashigan uchoqning yerga qulaganini ma’lum qildi.

Uchoqda 6 kishining borligiga e’tibor qaratgan Salad, qidiruv va qutqaruv faoliyatlarida 5 kishining jasadining topilganini ham o‘z so’ziga ilova etdi.

Salad, voqea yuz bergan nuqtaga bir guruh xodim yuborilganini va tergov ishlarining boshlatilganini ifoda etdi.

Shuningdek, mamlakat ommaviy axborot vositalarida o‘rin olgan ma’lumotlarda, uchoqning ash – Shabob terror tashkiloti tomonidan qulatilganligi ilgari surildi.  

Mamlakatning janubidagi bir necha mintaqani bosib olgan ash – Shabob, tez –tez xavfsizlik xodimlari va tinch aholini nishonga olgan hujumlar uyushtirayotgan edi.


Tanlangan kalimalar: #Somali , #gumanitar yordam , #koronavirus

Aloqador xabarlar