Yevropa Ittifoqi byudjetidan 37 mlrd evro fond ajratiladi

Ushbu qaror Yevropa Ittifoqidagi rasmiy gazetalardan e’lon qilingach, 1 aprelda kuchga kiradi.

1388194
Yevropa Ittifoqi byudjetidan 37 mlrd evro fond ajratiladi

 

 

Yevropa Ittifoqi yangi turdagi koronavirus pandemiyasi tufayli 37 mlrd evro qiymatida fond tashkil qilish va aviaqatnovlar uchun ruxsatni to’xtatishni o’z ichiga olgan bir qator chora-tadbirlarni tasdiqladi.

Yevrokengash bu haqda ma’lum qildi.

Ma’lumotga ko’ra, "Kovid-19" koronavirusiga qarshi kurash uchun Yevropa Ittifoqi byudjetidan 37 mlrd evro fond ajratiladi. A’zo mamlakatlar ushbu fond yordamida sog’liqni saqlash tizimi va soha bilan aloqador tashkilot hamda muassasalari tizimini rivojlantiradi.

Tabiiy ofatlarda foydalanish maqsadida tashkil etilgan Yevropa Ittifoqi hamkorlik fondi “Kovid-19” va boshqa xalq salomatligini yaqindan qiziqtirgan vaziyatlarda ham qo’llaniladi.

Havo yo’llari aviakampaniyalari qat’iyan amal qilishga majbur bo’lgan YI uchish ruxsatlari 1 martdan 24 oktyabrga qadar to’xtatildi.

Ushbu qaror Yevropa Ittifoqidagi rasmiy gazetalardan e’lon qilingach, 1 aprelda kuchga kiradi.

 


Tanlangan kalimalar: #fond , #Kovid-19 , #koronavirus , #Yevropa Ittifoqi

Aloqador xabarlar