Rossiya kuchlari Suriyaning Idlib viloyatidagi keskinlikdan holi zonaga hujum qildi

Suriyalik muxolif kuchlar ma'lum qilishicha, hujum oqibatida 9 nafar tinch aholi vakili halok bo'ldi.

1327946
Rossiya kuchlari Suriyaning Idlib viloyatidagi keskinlikdan holi zonaga hujum qildi

 

 

Rossiya kuchlari Suriyaning Idlib viloyatidagi keskinlikdan holi zonaga hujum qildi.

Hujum oqibatida 9 nafar tinch aholi vakili halok bo'ldi.

Suriyalik muxolif kuchlar ma'lum qilishicha, Rossiyaga oid qiruvchi samolyotlar kecha oqshom Maarratunnuman tumani, Jerjenaz hududi, Tel Mennis, Masaran, Dery Garbi, Gadafa, Han as-Subul va Babbila qishloqlariga aviazarba berdi.

Aviazarbalarda Maarratunnuman tumanida 4 kishi, Masaran qishlog'ida 5 kishi bo'lib, jami 9 nafar tinch aholi vakili halok bo'lgan.

Rossiya kuchlari shuningdek, Suriya-Turkiya chegarasi yaqinidagi hududlarni ham portlatgan.

Beshar Asad rejimiga tegishli kuchlar ham Serakib tumani, Kefrenbil, Kefferuma va Kensafra hududlari hamda Mershirun, Mardebse, Babolin, Marand, Deyr-Sharki va Keferavid qishloqlariga aviazarba berdi.

Aholisi ko'chib ketganligi sababli deyarli bo'shab qolgan qishloqlar aviazarbalar oqibatida yer bilan yakson bo'ldi.

 

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Rossiya kuchlari , #hujum , #Suriya

Aloqador xabarlar