Afg’oniston shimolidagi Mozori-Sharif shahrida kuchli portlash ro’y berdi

Portlashda 18 kishi jarohatlangan. Ulardan 12 nafari tinch aholi vakillari, 6 nafari politsiya xodimi.

1324721
Afg’oniston shimolidagi Mozori-Sharif shahrida kuchli portlash ro’y berdi

 

Afg’oniston shimolidagi Balh viloyati markazi Mozori-Sharifda kuchli portlash ro’y berdi.

Portlash oqibatida 18 kishi jarohatlandi.

Bu haqda Balh viloyati xavfsizlik boshqarmasi kotibi Odilshox Odil Anadolu axborot agentligiga intervyu berdi.

Ta’kidlanishicha, velosipedga joylashtirilgan bomba politsiya xizmat mashinasi o’tib ketayotgan paytda portlatilgan.

Portlashda 18 kishi jarohatlangan. Ulardan 12 nafari tinch aholi vakillari, 6 nafari politsiya xodimi.

Voqea yuzasidan tergov-surishtiruv ishlari boshlandi.

Portlash uchun javobgarlikni hozircha biron terror guruhi zimmasiga olmadi.

 


Tanlangan kalimalar: #portlash , #Mozori Sharif , #Afg'oniston

Aloqador xabarlar