Turkiya va AQSh kelishuviga qaramay Tel-Abyadda hujum uyushtirildi

Suriyaning Turkiya chegarasidagi Tel-Abyad shahridagi bozorda terroristlar tomonidan uyushtirilgan bombali hujumda kamida 13 kishi jon berdi.

1299069
Turkiya va AQSh kelishuviga qaramay Tel-Abyadda hujum uyushtirildi
tel abyad.jpg

Suriyaning Turkiya chegarasidagi Tel-Abyad shahridagi bozorda terroristlar tomonidan uyushtirilgan bombali hujumda kamida 13 kishi jon berdi.

YPG/ PKK terror tashkilotidan qutqarilgan Suriyaning Tel-Abyad tuman markazidagi bozorda bomba yuklangan transport orqali hujum uyushtirildi. Mazkur hujumda tinch aholidan kamida 13 kishi (ular orasida yosh bolalar ham bor) jon berdi. Jon berganlarlardan tashqari 20 dan ortiq kishi tan jarohati oldi.

Tan jarohati olganlar Turkiyaning Shanliurfa viloyatining Akchakale tumanidagi kasalxonaga yetkazilar ekan, jon berganlar sonining ortishidan xavotir olinmoqda.

Tel-Abyadga yetib borgan Suriya Milliy armiyasi askarlarining tahminiga ko’ra hujum YPG/ PKK terror tashkiloti tomonidan uyushtirilgan bo’lishi mumkin.

YPG/ PKK terror tashkilotining Tinchlik bulog’i amaliyoti olib borilgan hududni tark etishi borasida Turkiya bilan Amerika Qo’shma Shtatlari o’rtasida 17-oktabr kuni kelishib olingandi. Lekin yuqorida nomi tilga olingan terror tashkiloti bunga qaramay hujumlarini davom ettirmoqda.


Tanlangan kalimalar: #Suriya , #hujum , #Tel-Abyod

Aloqador xabarlar