Afg’oniston poytaxti Kobulda portlash sodir etildi

“Haji-Avkaf vazirligi xodimlari ketayotgan mikroavtobus Kobulning Baraki hududida portlatilgan. Portlashda 10 kishi yaralangan”,-deyiladi bayonotda.

1208765
Afg’oniston poytaxti Kobulda portlash sodir etildi

 

Afg’oniston poytaxti Kobulda Haji-Avkaf vazirligi xodimlarini olib ketayotgan mikroavtobus portlatildi.

Ta’kidlanishicha, mikroavtobusga oldindan bomba joylashtirilganligi aniqlangan.

Bu haqda Afg’oniston ichki ishlar vazirligi yozma bayonot berdi.

“Haji-Avkaf vazirligi xodimlari ketayotgan mikroavtobus Kobulning Baraki hududida portlatilgan”,-deyiladi bayonotda.

Dastlabki ma’lumotlarga ko’ra, portlashda 10 kishi yaralangan. Voqea joyida qarshi yo’nalishdan kelayotgan mashina ham zarar ko’rgan.

Guvohlarning aytishicha, portlashda qurbonlar bor.

Portlash uchun javobgarlikni hech bir terror guruhi zimmasiga olmagan.

 


Tanlangan kalimalar: #Afg'oniston , #Kobul , #portlash

Aloqador xabarlar