Burkina Fasoda katolik cherkoviga sodir etilgan hujumda 7 kishi halok bo’ldi

Mahalliy matbuotda tarqatilgan xabarlarga ko’ra, Sanmatenga shtatidagi Dablo hududida bir guruh qurolli kishilar katoliklarga tegishli cherkovga hujum qilgan.

1199901
Burkina Fasoda katolik cherkoviga sodir etilgan hujumda 7 kishi halok bo’ldi

 

Burkina Fasoda katolik cherkoviga sodir etilgan hujumda 7 kishi halok bo’ldi.

Mahalliy matbuotda tarqatilgan xabarlarga ko’ra, Sanmatenga shtatidagi Dablo hududida bir guruh qurolli kishilar katoliklarga tegishli cherkovga hujum qilgan. Hujum vaqtida cherkovda ibodat marosimi o’tkazilayotgan edi.

Qurolli kishilar cherkovdagi olomonga o’q uzgan. Voqeada 7 kishi halok bo’lgan.

Shu yilning 28 aprel kuni ham mamlakat shimolidagi Soum shtatiga qarashli Silgadi hududida protestanlarga oid cherkovga hujum sodir etilgandi. Hujumda 5 kishi halok bo’lgandi.

Eslatish joizki, Burkina Faso 2015 yildan buyon vaqti-vaqti bilan terrorchilik harakatlariga duch kelmoqda. Avvallari mamlakat shimolida va Sahel hududida avj olgan terrorchilik harakatlari keyinchalik g’arbiy va o’rta hududlargacha tarqaldi.

Rasmiy ma’lumotlarga ko’ra, oxirgi 4 yilda sodir bo’lgan terror hujumlarida 400ga yaqin inson halok bo’ldi.

Mamlakatning ko’plab viloyatlarida 1 yanvardan e’tiboran favqulodda holat joriy etilgan edi.

 


Tanlangan kalimalar: #Burkina Faso , #katolik cherkov , #hujum

Aloqador xabarlar