Xitoyda yuk poyezdining temir yo’lidan chiqib ketishi oqibatida fojia ro’y berdi

Fojiada 4 kishi halok bo’ldi, bedarak yo’qolgan 2 kishi qidirilmoqda.

1181368
Xitoyda yuk poyezdining temir yo’lidan chiqib ketishi oqibatida fojia ro’y berdi

 

Xitoyning Henan shtatida yuk poyezdining temir yo’lidan chiqib ketishi oqibatida fojia ro’y berdi.

Fojiada 4 kishi halok bo’ldi, bedarak yo’qolgan 2 kishi qidirilmoqda.

Bu haqda Shinxua xabar agentligi xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Henan shtatining Gongyi shahrida alyumin rudalarini olib ketayotgan yuk poyezdi temir yo’lidan chiqib ketgan.

Poyezdda jami 25 ta vagon bo’lib, ulardan 13 tasi yo’ldan chiqib ketgan. Ba’zilari esa to’ntarilgan. Voqea joyida 4 kishi halok bo’lgan.

Hududda qidiruv-qutqaruv operatsiyasi davom etmoqda.

 


Tanlangan kalimalar: #Xitoy , #poyezd fojiasi

Aloqador xabarlar