Pokiston harbiy-havo kuchlari Hindistonga tegishli ikkita harbiy samolyotni urib tushirdi

Pokiston qurolli kuchlari matbuot kotibi general-mayor Asif G’ofur bu haqda tvitterdan ma’lum qildi.

1153410
Pokiston harbiy-havo kuchlari Hindistonga tegishli ikkita harbiy samolyotni urib tushirdi

 

Pokiston qurolli kuchlari ma’lum qilishicha, Hindistonga tegishli ikkita harbiy samolyot Pokiston havo hududida urib tushirilgan.

Pokiston nazoratidagi hududga qulab tushgan harbiy samolyotning uchuvchisi asirga olingan.

Pokiston qurolli kuchlari matbuot kotibi general-mayor Asif G’ofur bu haqda tvitterdan ma’lum qildi.

Uning ta’kidlashicha, Hindiston harbiy-havo kuchlarining qiruvchi samolyotlari mamlakat havo hududini buzib kirgan. Pokiston harbiy-havo kuchlari harbiy samolyotlarni urib tushirgan va bulardan biri Pokiston nazoratidagi hududga, ikkinchisi esa Hindiston nazoratidagi hududga tushgan.

Uning so’zlariga ko’ra, Pokiston hududiga tushgan harbiy samolyotning uchuvchisi Pokiston qurolli kuchlari harbiy xizmatchilari tomonidan qo’lga tushirilgan.

Pokiston tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Muhammad Faysal rasmiy tvitter sahifasida ma’lum qilishicha, Pokiston harbiy-havo kuchlarining Kashmir chegara hududidagi faoliyatlari mudofaa maqsadida olib borilayotganligini ilgari surdi.

“Maqsadimiz davlatimizni himoya qilish uchun qat’iyligimizni va kuchimizni namoyon qilishdir. Vaziyat keskinlashishini xohlamaymiz. Biroq, har qanday vaziyatda o’zimizni himoya qilishga tayyormiz”,-deya bayonot beradi Pokiston Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Muhammad Faysal.

Bundan oldin ham Pokiston harbiy-havo kuchlariga tegishli uchta harbiy samolyot tongda Kashmir chegara hududini kesib o’tib, Hindiston nazoratidagi Jammu-Kashmir hududiga kirganligi va bunga Hindiston harbiy-havo kuchlari qarshilik ko’rsatganligi ma’lum qilingan edi.

Hindiston harbiy-havo kuchlarining ma'lum qilishicha, Pokistonga qarashli bo‘lgan F-16 ko‘p nishonli qiruvchi samolyoti urib tushirilgan. Hindiston matbuotida ham bu kabi xabarlar tarqalgan edi.

Natijada, Pokiston bilan Hindiston o’rtasida o’zaro harbiy samolyotlar urib tushirilgach, ko’plab shaharda aeroportlar yopilgan edi va avia parvozlar to’xtatilgan edi.

Hindiston va Pokiston o‘rtasidagi munosabatlar 14 fevral kuni sodir bo‘lgan Kashmirdagi teraktdan so‘ng keskinlashdi.


Tanlangan kalimalar: #Pokiston , #Hindiston , #harbiy samolyot

Aloqador xabarlar