Rossiya AQShni, “Venesuelada to’ntarish uyushtirishga harakat qilish”da aybladi

Rossiyaning BMTning doimiy vakili Vasiliy Nebenzia AQSh va ittifoqdoshlarini Venesuela Davlat rahbari Nikolas Maduroga qarshi to’ntarish uyushtirishga harakat qilishda aybladi.

1133846
Rossiya AQShni, “Venesuelada to’ntarish uyushtirishga harakat qilish”da aybladi

Rossiyaning Birlashgan Millatlar Tashkilotining doimiy vakili Vasiliy Nebenzia Amerika Qo’shma Shtatlari va ittifoqdoshlarini Venesuela Davlat rahbari Nikolas Maduroga qarshi to’ntarish uyushtirishga harakat qilishda aybladi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik kengashi AQShning talabiga binoan Venesueladagi inqirozni qo’lga olish maqsadida yig’ilish o’tkazdi.

Nebenzia mazkur yig’ilishda so’zlagan nutqida, AQShning Venesuelaga bo’lgan munosabatini tanqid qilgan holda Vashingtonning, o’zini “vaqtinchalik davlat rahbari” deb e’lon qilgan Milliy majlis rahbari Juan Guaidoni qo’llab-quvvatlashini “to’ntarish” ekanligini qayd etdi.  

Vasiliy Nebenzia,

“Agar xalqaro tinchlik va xavfsizlikka qarshi tahdid borligi aytilayotgan bo’lsa unda u Venesuelaning saylangan qonuniy davlat rahbari Maduroni to’ntarishga uringan AQSh va ittifoqdoshlarining tajovuzkor harakatlaridir” dedi.

BMT Xavfsizlik kengashining doimiy a’zosi Xitoy bilan vaqtinchalik a’zosi Janubiy Afrika vakillari ham AQShni tanqid qilgan holda, BMTXKning bir mamlakatdagi rejimning o’zgartirilishini qo’llab-quvvatlagan nuqta emasligini qayd etdi.

Angliya, Fransiya va BMTXKning vaqtinchalik a’zolaridan Germaniya va Belgiya vakillari ham Maduroni 8 kunda saylovga undashi, aks holda, Juan Guaidoni tan olmasliklarini ifoda etdi.



Aloqador xabarlar