Nikolas Maduro:"AQSh bizdan neft xarid qilishni davom ettirishi mumkin..."

Venesuela prezidenti Nikolas Maduro AQSh bilan diplomatik va siyosiy munosabatlar to’xtatilishidan ikki davlat o’rtasidagi neft savdosi zarar ko’rmasligini bildirdi.

1133559
Nikolas Maduro:"AQSh bizdan neft xarid qilishni davom ettirishi mumkin..."

Venesuela prezidenti Nikolas Maduro AQSh bilan diplomatik va siyosiy munosabatlar to’xtatilishidan ikki davlat o’rtasidagi neft savdosi zarar ko’rmasligini bildirdi.

“AQSh bilan munosabatlarimiz ko’p qirrali. Biz AQSh hukumati bilan diplomatik va siyosiy aloqalarimizni to’xtatdik. Biroq, savdo-iqtisodiy munosabatlarimiz davom etadi. Agar, AQSh bizdan neft xarid qilishni xohlasa, neft sotamiz…”,-deb aytgan Maduro.

Venesuelada 21 yanvarda boshlangan hukumat tarafdorlari va muxolifatning norozilik namoyishlari mamlakatda juda murakkab jarayonning boshlanishiga sabab bo’ldi.

Venesuelada muxolif parlament - Milliy assambleya rahbari Xuan Guaydo 23 yanvar kuni o‘zini mamlakatning vaqtinchalik rahbari deb e'lon qildi. AQSh uni “prezident” deb tan olishini e'lon qilgan va Venesuela prezidenti Nikolas Madurodan muxolifatga qarshi kuch ishlatmaslikni talab qilgan. 

Maduro o‘zini konstitutsiyaviy prezident deb e'lon qilgan, muxolif parlament rahbari Guaydoni esa “AQSh qo‘g‘irchog‘i” deb atagan. Ayni vaqtda AQShdan tashqari, Guaydoni “vaqtinchalik prezident” sifatida Kanada, Argentina, Braziliya, Chili, Kolumbiya, Kosta-Rika, Gvatemala, Gonduras, Panama, Paragvay va Peru davlatlari tan olgan.

Meksika, Turkiya, Rossiya, Kuba, Xitoy va Boliviya davlatlari esa Maduroni qo’llab-quvvatlamoqda.

Bundan tashqari, Nikaragua va Salvador rahbarlari ham Maduroni qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qilgan. 

Maduro ham bu o’zgarishlardan so’ng, AQSh bilan diplomatik va siyosiy munosabatlarni to’xtatganligini va mamlakatning AQShdagi elchixonasi va konsulliklari yopilishini ma'lum qilgan. 

“Men Venesuelaning AQShdagi elchixonasi va barcha konsulliklarini yopishga qaror qildim”,-deb aytgan Maduro.

U, shuningdek Venesueladagi amerikalik diplomatlarga mamlakat hududlarini tark etishi uchun 72 soat muhlat bergan.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Venesuela , #Nikolas Maduro , #neft , #AQSh

Aloqador xabarlar