AQSh boshchiligidagi koalitsiya kuchlari Suriyaning Deyr-Zor viloyatidagi masjidni portlatdi

Deyr-Zor viloyatidagi mahalliy manbalardan olingan xabarlarga ko’ra, portlashda 17 kishi halok bo’ldi.

1108274
AQSh boshchiligidagi koalitsiya kuchlari Suriyaning Deyr-Zor viloyatidagi masjidni portlatdi

AQSh boshchiligidagi koalitsiya kuchlari Suriyaning Deyr-Zor viloyatidagi bir masjidni portlatdi.

Portlashda 17 kishi halok bo’ldi.

DAIShga qarshi kurash koalitsiyasi Deyr-Zor viloyati sharqida DAISh terror tashkiloti ishg’olida bo’lgan Hejjin tumanidagi qishloqlarga sodir qilgan hujumlarida tinch aholi o’limlari yuz bermoqda.

Deyr-Zor viloyatidagi mahalliy manbalardan olingan xabarlarga ko’ra, koalitsiya kuchlariga oid harbiy samolyot erta tongda DAISh ishg’olida bo’lgan Buhatir qishlog’idagi masjidga zarba berdi.

Aviazarbalarda 17 kishi halok bo’ldi.

Koalitsiya kuchlari o’tgan oyda ham Hejjin tumani markazi va tumanga qarashli Suse mahallasidagi masjidlarni nishonga olgan edi.


Tanlangan kalimalar: #Suriya , #Deyr-Zor , #portlash , #aviazarba

Aloqador xabarlar