Fransiyada “Sariq jiletlilar”ning namoyishlari mamlakat iqtisodiyotiga jiddiy zarar yetkazgan

Fransiyada “Sariq jiletlilar”ning mamlakat iqtisodiyotiga keltirgan zarari 2018 yilning oxirgi 3 oyidagi rivojlanish darajasiga 0.1 bal atrofida salbiy ta’sir ko’rsatishi taxmin qilinmoqda.

1104362
Fransiyada “Sariq jiletlilar”ning namoyishlari mamlakat iqtisodiyotiga jiddiy zarar yetkazgan

Fransiyada “Sariq jiletlilar”ning mamlakat iqtisodiyotiga keltirgan zarari 2018 yilning oxirgi 3 oyidagi rivojlanish darajasiga 0.1 bal atrofida salbiy ta’sir ko’rsatishi taxmin qilinmoqda.

Bu haqda moliya vaziri Bruno Le Maire ma’lum qildi.

Uning RTL radiosiga bergan intervyusida ma’lum qilishicha, 17 noyabrda boshlangan namoyishlar Fransiya iqtisodiyotiga jiddiy zarar yetkazgan. Hisob-kitoblarga ko‘ra, mamlakat iqtisodiga yetgan zarar milliard yevroni tashkil qildi. Shuningdek, Fransiya iqtisodiyotining oxirgi 3 oyidagi rivojlanishiga 0.1 bal atrofida salbiy ta’sir ko’rsatishi kutilmoqda.

Shu bilan birga, shanba kuni o’tkazilgan namoyishlar tufayli savdo markazlariga kelgan haridorlar sonida 17 foiz pasayish kuzatilgan.

Ichki ishlar vazirligi ma’lumotlariga ko’ra, “Sariq jiletlilar”ning shanba kungi namoyishlarida 136 ming kishi ishtirok etdi. Namoyishlar paytida ro’y bergan hodisalarda 2 mingdan ortiq kishi politsiya boshqarmasiga olib ketilgan va 1700 dan ortiq kishi qo’lga olingan edi.

Eslatish joizki, Fransiyadagi tartibsizliklar 17 noyabrda boshlangandi.

Benzin narxlari oshirilishi va iqtisodiy qiyinchiliklarga qarshi boshlangan namoyishlarda yuz minglab kishilar ishtirok etdi. Asosan, haydovchilar ishtirok etgan dastlabki namoyishlar ishtirokchilar kiyib olgan liboslar tufayli “Sariq jiletlilar” namoyishlari nomini oldi.

Ushbu namoyishlar so’ngi yillardagi eng shiddatli namoyishlarga aylandi.

 


Tanlangan kalimalar: #Fransiya , #Sariq jiletlilar , #namoyish , #benzin

Aloqador xabarlar