Afg’onistonda toliblarga qarshi aviazarbalar tinch aholi o'limlariga sabab bo'lgan

Afg’onistonning Paktiya viloyati Zurmat tumanida xalqaro kuchlar bilan hamkorlikda olib borilgan harbiy amaliyotlarda begunoh 12 kishi halok bo’lganligi ma’lum qilindi.

1099598

Paktiya hokimi o’rinbosari Abdul Vali ma’lum qilishicha, Zurmat tumanida xalqaro koalitsiya kuchlari bilan hamkorlikda Tolibonga qarshi havodan va quruqlikdan zarba berilgan.

Aviazarbalardan tinch aholi ham katta zarar ko’rgan. Uning so’zlariga ko’ra, 12 kishi halok bo’lgan.

Tolibon jangarilari mahallalardagi uylarga berkinganligi tinch aholi o’limlariga sabab bo’lgan.

Qurbonlarning aniq soni hozircha ma'lum emas.

Tanlangan kalimalar: #Afg'oniston , #Tolibon , #aviazarba , #Paktiya

Aloqador xabarlar