Merkel, “Yamanda dunyodagi eng dahshatli gumanitar fojia yuz bermoqda”.

Fransiya Prezidenti Emmanuel Makronning mezbonligida Parijda Tinchlik forumi uyushtirildi.

1085952
Merkel, “Yamanda dunyodagi eng dahshatli gumanitar fojia yuz bermoqda”.

Germaniya kantsleri Angela Merkel Yamanda dunyodagi eng dahshatli gumanitar fojia yuz berayotganligini qayd etdi.

Fransiya Prezidenti Emmanuel Makronning mezbonligida Parijda Tinchlik forumi uyushtirildi.

Makron, forumning ochilish marosimida so’zlagan nutqida ular yashayotgan dunyoda bir necha inqirozga duch kelganliklarini eslatgan holda, Tinchlik forumini shuning uchun uyushtirganliklarini ta’kidladi.

Forumda ishtirok etgan hammaga minnatdorchilik bildirgan Makron forum uyushtirshdan maqsad tinchlik uchun konkret qadamlar tashlash va loyihalar yaratish ekanligini ma’lum qildi.  

Germaniya kantsleri Angela Merkel esa forumda ishtirok etishdan xursand ekanligini ifoda etdi.

Tinchlik uchun xalqaro hamkorlikning muhim ekanligiga e’tibor qaratgan Merkel, milliyatchilik muammosidan xavotirda ekanligini o’z so’ziga ilova etdi.

Merkel shuningdek, dunyoda bir milliard yosh bolaning zamonaviy muammoning qurboniga aylanganligini ta’kidladi.

Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin, Makron va Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an bilan o’tgan oyda Istanbulda uyushtirilgan sammitda Suriya muammosini hal qilishga harakat qilganliklarini eslatgan Merkel bu borada siyosiy shaxdam qadam kerakligini belgilab o’tdi.

Merkel Yamandagi oxirgi vaziyatga ham to’xtalgan holda, “Yamanda dunyodagi eng dahshatli gumanitar fojia yuz bermoqda” dedi.

Buning to’xtatilishi uchun dunyoning chora ko’rishi kerakligini ifoda etgan Angela Merkel, bugungi kunda butun dunyoda yuz bergan muammo va xavflarni hamkorlik ichidagina hal qilinishi mumkinligini qayd etdi.

Mazkur muammolarning Birlashgan Millatlar Tashkilotisiz hal qilinishi imkonsiz ekanligini tilga olgan Merkel, BMT olib borgan faoliyatlarni qo’llab-quvvatlaganligini va qo’llab-quvvatlashni ham davom etajagini ifoda etdi.



Aloqador xabarlar