Donald Trump YIning Googlega bergan jarima jazosini tanqid qildi...

AQSh prezidenti Donald Trump, YIning Googlega bergan 4,34 milliard  yevrolik rekord jarimani tanqid qildi.

1015904
Donald Trump YIning Googlega bergan jarima jazosini tanqid qildi...

Amerika qo'shma shtatlari (AQSh) prezidenti Donald Trump, Yevropa Ittifoqining (YI) Amerikali texnologiya shirkati Googlega bergan 4,34 milliard yevrolik (5,06 milliard dollar) rekord jarimani tanqid qildi.

Trump, ijtimoi tarmog' twitterdan bergan bayonotida, "Men sizlarga aytganim kabi, YI bizning eng katta shirkatimiz Googlega 5 milliard dollar jarima jazosi berdi. AQShni darhaqiqat suestimol etmoqdalar va bu ko'p surmaydi" deb ifoda etdi.

YI Komissiyasining ma'lum qilishicha, Googlening smartfonlarda ishlatgan Android ilovasi bilan bozorlarga chiqardi suestimolga uchragani tufayli 4,3 milliard yevrolik jarima to'lash qarori berganini bildirgan edi.

Komissiya shuningdek, Googlening ishlashi uslubini 90 kun ichida almashtirishi kerakligini ifoda etgan edi.

Bundan keyin, Googledan berilgan bayonotda, smartfonlarga faqat Googole emas, turli dasturlar bilan 40 ilovaning oldindan qayd etilganiga diqqat qaratilgan, istagan foydalanuvchilarning bu ilovani o'chirib o'zlari istagan ilovani dawlond qilishiga diqqat qaratgan edi.

Bayonotda, Yevropa Komissiyasining Android bilan Apple tizimi iOS orasidagi raqobatga ko'z yumganini mudofaa etgan, 4,3 milliard yevrolik rekord jarima to'lash qarorining ham oqlanishini qayd etgan edi.



Aloqador xabarlar