Suriya uchrashuvlari natijasiz qoldi

Deradagi harbiy muxolafat vakillari bilan rossiyalik hay’at Derada uchrashuv o’tkazib, Dera va Kuneytrada o’q uzishni bir umr to’xtatishning shart-sharoitlarini qo’lga oldi.

1006150
Suriya uchrashuvlari natijasiz qoldi

Suriyaning janubi-g’arbidagi Dera va Kuneytra viloyatlarida keng ko’lamli olaroq o’q uzishning to’xtatilish uchun harbiy muxolafat Rossiya bilan muzokara olib borar ekan natijada kelishuvga erisholmadi.   

Deradagi harbiy muxolafat vakillari bilan rossiyalik hay’at Derada uchrashuv o’tkazib, Dera va Kuneytrada o’q uzishni bir umr to’xtatishning shart-sharoitlarini qo’lga oldi.

Muzokara hay’ati Derada Rossiya bilan olib borilgan uchrashuvlarda natijaga erishilolmaganligini ma’lum qildi.

Hay’at Rossiya tomonidan muxoliflarning qo’lidagi og’ir qurollarning hammasining bir vaqtning o’zida berilishi talabining qabul qilinmaganligi shuningdek, o’z uy-joyidan mahrum bo’lgan tinch aholining uy-joylariga qaytishi va rejim kuchlari bilan Eron tomonidan qo’llab-quvvatlangan guruhlarning 10-iyuldan keyin Derada bosib olingan hudutlarni tark etishi talablarining Rossiya tomonidan qabul qilinmaganligi bois kelishuvga erishilolmaganligini qayd etdi.

Tinch aholining o’z uy-joyiga takror qaytishi va nazorat ostidagilarning ozod etilishini xohlagan muxolafat, o’q uzish to’xtatilgudek bo’lsa qo’llaridagi og’ir qurollarni bosqichma-bosqich topshirishni taklif qilgan edi.

Harbiy muxolafatning Rossiya bilan 30-iyunda o’ztazgan uchrashuvi natijasiz qolgan edi. Lekin muzokaralarning keyinroq takror o’zkazilishi kutilmoqda.

Rejim kuchlari va uni qo’llab-quvvatlaganlar mamlakatning janubi-g’arbidagi Dera viloyatida 10-iyundan e’tiboran ba’zi nuqtalarni bosib olgan va 20-iyun kuni Derada harbiy muxolafatning nazorati ostidagi mintaqalarni qo’lga kiritish uchun Rossiyaning yordamida harbiy amaliyot boshlatgan edi.

Birlashgan Millatlar Tashkilotiga qarashli Butunjahon oziq-ovqat dasturi rasmiy vakili Bettina Luescher Derada kamida 270, eng ko’p 330 ming tinch aholining o’z uy-joyidan mahrum bo’lganligini eslatgan holda Derani tark etgan tinch aholining Iordaniya chegarasi va Go’lan tepaliklari kabi nisbatan yana-da xavfsiz mintaqalarga qochganligini qayd etgan edi.     

Dera va Kuneytra Ostona jarayonining kafil mamlakatlari Turkiya, Eron va Rossiya tomonidan 2017-yilning may oyida tashkil etilgan deeskalatsiya zonasiga kiritilgan edi. Rossiya, AQSh va Iordaniya 2 oy ortidan Dera va Kuneytrani xususiy shartnoma doirasiga olgan. AQSh esa mintaqada qo’llab-quvvatlangan muxolafatga qarshi o’z yordamini to’xtatgan.

BMT rasmiylari Derada 750 ming kishining hayotidan tashvishda ekanligini tez-tez tilga olmoqda.

 



Aloqador xabarlar