Shvetsiyada o’tgan yil 38 masjidga hujum uyushtirildi.

Uppsala universiteti, tayyorlagan hisobotga ko’ra,  2017da masjidlarga uyushtirilgan hujumlar  o’tgan yilga ko’ra 10 barobar ko’payganligiga diqqat qaratdi

990946
Shvetsiyada o’tgan yil 38 masjidga hujum uyushtirildi.

Shvetsiyada o’tgan yil 38 masjidga hujum uyushtirildi.

Uppsala universiteti, tayyorlagan hisobotga ko’ra,  2017da masjidlarga uyushtirilgan hujumlar  o’tgan yilga ko’ra 10 barobar ko’payganligiga diqqat qaratdi.

Shvetsiya ishonch birligi doirasi xodimi Max Stockman, davlat televideniyesi SVTga bergan  izohida,

Masjidlarni nishon olgan hujumlaridagi ortish Shvetsiyada din erkinligini jiddiy  ravishda tahdid etmoqda deb  ta’kidladi.  

Shvetsiya konstitutsiyasining asosiy moddalaridan biri  bo’lgan din erkinligining oldidagi tahdidlar davlat tomonidan bartaraf qilinishi kerak deb aytgan Stockman, “ Herkes,  diniy erkinligini tahdid etgan unsurlar bilan kurashmoqda. Tashkilot sifatida Musulmonlarga va Yahudiylarga qilingan hujumlardan qayg’udamiz  deb ” bildirdi.

Shvetsiya adolat va ichki ishlar vaziri Morgon Johansson ham hujumlarni qo’rqinch deb baholadi.

Hujumlardagi ortish faqatgina Shvetsiyada bo’lmaganini, haddan tashqari millatchilik bilan barcha Yevropada ko’rilmoqda deb ishora qilgan Johnsson, siyosiy partiyalar ham xorijiylar ustidan siyosat qilganiga, umuman  ko’chmanchilar, ayniqsa Musulmonlarga qarshi juda qattiq ifodalar tilga olinmoqda deb diqqat qaratmoqda.

Masjidlarni himoya qilish uchun chora- tadbirlarni  orttirishlarini ma’lum qilgan Johansson, hujumlarga qarshi politsiyadan  maxsus bir guruhni  vazifalantirganini va barcha masjidlar xavfsizlik kamerasi  bilan jihozlantirganini ifoda etdi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Shvetsiya , #Masjid , #Hujum

Aloqador xabarlar