Mamadou Diav: “Turkiya uchun qilingan bu duolarni Ollox javobsiz qo’ymaydi”.

Turk qizil yarim oy jamiyati Senegal poytaxti Dakar, eski poytaxti Saint Louis, Matam va Podor shaharlarida yashagan 7 ming oilaga oziq-ovqat bo’yicha yordam berdi.

985210

Jahon oziq-ovqat tashkilotining 2017-yilgi ma’lumotlariga ko’ra ocharchilikda yashagan Matam shahridagi tadbirda shahar munitsipalitet rahbari Mamadou Diav bilan birga shahar oqsoqollari ham ishtirok etdi.

Diav mazkur tadbirda Turk qizil yarim oy jamiyatiga minnatdorchilik bildirib oxirgi yillarda Turkiyadan shaharga yetkazib berilgan yordam ashyolari orqali yordamga muhtoj oilalarning xursand bo’lganliklarini qayd etdi.

Matarda ko’plab yordamga muhtoj oilalarning borligiga e’tibor qaratgan Diav,

“Dunyoning qaysi burchida kambag’al bo’lsa Turklar ana shu yerga yordam qo’li uzatmoqda. Turkiya uchun qilingan bu duolarni Ollox javobsiz qo’ymaydi” deya gapirdi.

Turk qizil yarim oy jamiyatining Senegaldagi guruh rahbari Suat Kilich esa bundan buyon ham Senegal xalqiga yordam yetkazib berishni davom ettirajaklarini belgilab o’tdi.

Aloqador xabarlar