NATO-Rossiya kengashi Belgiyaning poytaxti Brusselda to’plandi

Sammitda muhokama qilinadigan asosiy mavzular Ukraina, Minsk shartnomasi va harbiy faoliyatlar bo’lib hisoblanadi.

983081
NATO-Rossiya kengashi Belgiyaning poytaxti Brusselda to’plandi

NATO-Rossiya kengashi Belgiyaning poytaxti Brusselda to’plandi.

NATO bayonotiga ko’ra, sammitda muhokama qilinadigan asosiy mavzular Ukraina, Minsk shartnomasi va harbiy faoliyatlar bo’lib hisoblanadi.

Ta’kidlanishicha, tomonlar shaffoflik va tahlikalarni qanday kamaytirish yo’llarini qidiradi.

NATO vakili ma’lum qilishicha, bu Yevropaning barqarorligi va xavfsizligi uchun juda muhim.

2002 yilda tashkil topgan NATO-Rossiya kengashi mexanizmi tomonlarning mushtarak xavfsizligini saqlash mavzularida fikr almashish va hamkorlik qilishga zamin yaratadi.

Biroq, Rossiyaning 2014 yilda Qrimni noqonuniy ravishda ishg’ol qilishi ortidan NATO-Rossiya kengashi faqatgina tomonlar o’rtasidagi aloqaga vositachilik qilishni maqsad qilmoqda.

Elchilar darajasida to’plangan kengash hamkorlik imkoniyatlarini yadana kengaytirmoqda.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #NATO , #NATO-Rossiya kengashi , #Belgiya , #sammit

Aloqador xabarlar