Turkiya va AQSh o'rtasida ikkinchi bir yig'ilish bo'lib o'tdi

Turkiya bilan AQSh o'rtasida mushtarak mexanizm sifatida bilingan ikkinchi bir yig'ilish bo'lib o'tdi.

941541
Turkiya va AQSh o'rtasida ikkinchi bir yig'ilish bo'lib o'tdi

Turkiya bilan Amerika qo'shma shtatlari (AQSh) o'rtasida mushtarak mexanizm sifatida bilingan ikkinchi bir yig'ilish bo'lib o'tdi.

AQShning poytaxti Washingtonda bo'lgan yig'ilishda taraflar, Suriyada DEAShdan qutqarilgan hududlarga xavfsizlik va barqarorlik o'rnatish uchun mushtarak harakat qilishining ahamiyatiga diqat qaratdi.

Yig'ilish Tashqi ishlar vazirlik maslahatchisi Umit Yalchin bilan AQSh Tashqi ishlar vazir o'rinbosari John Sulliban o'rtasida bo'lib o'tdi.

Yig'ilishda asosiy mavzu esa Suriyaning terror tashkiloti PKK/PYD va YPG ishg'ol qilgan Minbij hududi edi.

Diplomatik manbalar, tomonlarning birga harakat qilish mavzusida qat'iyligi bildirildi.

Tomonlar, DEAShni butunlay bartaraf etishi uchun AQSh va Turkiya o'rtasida hamkorlik yo'llarini orttirish masalasi muhokama qilgani ham bildirildi.

Afrindagi o'zgarishlar muhokama qilingan yig'ilishda, Turk tomoni AQShlik vakillarga hududda gumanitar yordam berish faoliyati va barqarorlik o'rnatish uchun tashlangan qadamlar haqida ma'lumot berdi.

Yig'ilishda shuningdek konsullik va adliy maqomlarda ham uchrashuvlar o'tkazildi.



Aloqador xabarlar