Umumbashariy nuqtai nazar 10-qism

Ankara Yildirim Beyazit Universiteti Siyosiy bilimlar Fakulteti dekani Prof. Dr Kudret Bulbulning mulohazalari...

924085
Umumbashariy nuqtai nazar 10-qism

              

“Mo’tadil g’arb” ehtiyoji…

Tarixshunoslik aslida insoniyat uchun qanchalik foydali fan bo’lib hisoblanadi. Biroq, afsuski tarixdan ibrat olish mumkin emas. O’tmishda ro’y bergan hodisalar, azob-uqubatlar, o’limlar, zulmlar qanchalik tez unutilib ketmoqda.

Vahshiy g’arbdan mo’tadil g’arbga…

G’arb o’tgan asrda yana ham ko’proq ekspluatatsiya qilish maqsadida qon va ko’z yoshi to’kilishiga olib kelgan ikki buyuk urushga sabab bo’ldi. Urushdan keyin, 1-va 2-Jahon urushining talofatlaridan ibrat olgan holda, asosan Yevropada moddiyatga asoslangan siyosat olib boruvchi davrga qadam bosdi. Yevropa Ittifoqida shakllangan hamkorlikni, o’rtoqlashishni, erkinliklarni, inson huquqlarini va demokratiyani asos qilib olgan siyosat nafaqat Yevropaga balki butun mintaqaga huzur olib keldi.

Mo’tadil g’arbdan vahshiy g’arbga…

Ammo, bugungi jarayonda takror tahdidga asoslangan dunyoga guvoh bo’lib turibmiz. AQSh, Shimoliy Koreya va Rossiya tomonidan qilingan so’ngi izohlar go’yo qarshi tomonni yo’q qiladigan darajada kimyoviy va yadro bombalarga kimning egadorlik qilgani, kimning yana ham oldinroq harakat qilishi kabi kim o’zarga musobaqaga aylandi.

G’arbdagi inson huquqlari, erkinliklar, plyuralizm, e’tiqod erkinligi, farqli hayot tarziga hurmat ko’rsatish kabi holatlar kundan kunga salbiy tus olib bormoqda.

Islom va musulmon migrantlarga nisbatan salbiy ko’z-qarash kundan kunga avj olib bormoqda. Germaniya ichki ishlar vazirligi ma’lumotiga ko’ra, Germaniyada 2017 yilda musulmonlarga qarshi jami 950 marta hujum sodir etilgan. (http://www.spiegel.de)

Bir yilda 950 ta hujum!

Bir sharq, lotin yoki musulmon davlatida bu miqdorning 100 dan 1 foizi ro’y berganda edi, ya’ni hristian va yahudiylarga hujum qilinganda edi, dunyoning qanday qarshilik ko’rsatishini taxmin qilsangiz kerak. Shubhasiz, bunday vaziyatni hech kim xohlamaydi. G’arbdagi torayish va hujumlar boshqa mintaqalar uchun hech qachon o’rnak bo’lmasligi kerak.

G’arb mamlakatlarda musulmonlarga nisbatan hujumlar afsuski, faqatgina Germaniyaga xos narsa emas. Butun g’arb mamlakatlarida bunday holat ro’y bersa bosdi-bosdi qilinmoqda. Yevropa va AQSh tarixida farqli hayot tarziga ega bo’lganlar o’zlarini hech qachon tahdid ostida deb his qilmagan edi.

Kunimizda ko’plab g’arb davlatlari mazlumlarga, kimsasiz insonlarga, qochqinlarga o’ta qiyinchilik bilan boshpana berar ekan, Fathulloh Gulen harakati, PKK, DHKPJ kabi insoniyat qotili bo’lgan terror tashkilotlari a’zolariga boshpana berish uchun iloji boricha imkon yaratmoqda. Ba’zi g’arb davlatlaridan tashqari, dunyoda terroristlarning go’yo boshpanasiga aylangan boshqa davlat bormi?

Qolaversa, g’arbdagi erkinlik tarafdori, plyuralizm, demokrat tabaqalarning ovozi tobora pasayib bormoqda. Eng achinarlishi shuki, g’arbdagi erkinlik tarafdori, plyuralizm, demokrat partiyalarning emas, balki irqchi, fashist va natsist partiyalarning tarafdorlari ko’paymoqda va bu partiyalar ba’zi davlatlarda hukumatni baham ko’rmoqdalar. Endilikda g’arb davlatlarida e’tiborsiz, loqayd, jamiyatdagi o’zgachaliklarga, qo’shni davlatlarga, mintaqasiga va boshqa davlatlarga nisbatan tahdid soladigan yetakchilarni uchratish mumkin.

Vahshiy g’arb yoki tarixning poyoni…

Ommaviy ravishda insoniyatni yo’q qilib yuboradigan g’arbdagi yadroviy va kimyoviy bombalar ularning qo’liga tushib qolganligini bir tasavvur qilib ko’ring!

Tinchlik, hamkorlik, tenglik, adolat, erkinlik, inson huquqlari kabi tushunchalar emas, nafrat, chetlatish, yakkalash, ayrimchilik, yo’q qilish kabi tushunchalar ta’sirida o’zi bilan bir-xil fikrga ega bo’lmaganlarni inson o’rniga qo’ymagan fanatik g’arb yetakchilari bu qurollarni qanday ishga soladi?

Xatto, buni hayolimizga ham keltirish dahshatdir. Insonni larzaga soladi. Bu qurollarning 1- va 2-Jahon urushi asnosida bunchalik dahshatli bo’lmagan holda yuzaga chiqargan talofatlari barchamizga ma’lum. Bugungi kunda ommaviy yo’q qilish kuchini hisobga oladigan bo’lsak, ushbu ommaviy qirg’in qurollarining ekstremist oqimlar qo’liga tushib qolgan taqdirda, qiyomat bo’lishi turgan gap.

Xatto, ba’zi futuristlar xozirdan “Allohning qo’lidan qiyomatni olishga” yoki “Allohni qiyomat sodir etishga majburlash”ga doir maqolalar yoza boshladilar.

Bugun jamiyatdagi o’zgachaliklarni yo’q qilish uchun inson huquqlariga, erkinliklariga, olamshumul qadriyatlarga teskari har qanday amalni ravo ko’rganlar bu tahdidni ishga solgach, sokin qoladilarmi?

Tarix buning aksini zikr etadi. Yahudiy qatliomidan keyin bu tushunchaga ega bo’lgan insonlarning o’z davlatini va mintaqasini qanchalik o’tga tashlaganligi barchamizga ma’lum.

“Mo’tadil g’arb” ehtiyoji…

G’arbdagi vaziyatdan kelib chiqadigan tahdid qanchalik yaqin ekan, “mo’tadil g’arb” emas, balki “mo’tadil islom” tortishuvlari kunimiz muhokamasiga aylandi.

Vaholanki, Yevropa va Amerikadagi radikal o’zgarishlar barchani xavotirga solmoqda. Bu ekstremistlar nafaqat ba’zi davlatlarga, balki butun dunyoga xavf solmoqda. Bu ma’noda Yevropada liberal va sotsial liberal partiyalar tarafdorlarining ovozlarini qo’ldan boy berishi, erkinlik tarafdori, plyuralizm, demokrat tabaqalarning ovozi tobora pasayganligi faqatgina, Yevropaning kelajagi uchungina xavfli emas.

Radikal oqimlarga taslim bo’lgan Yevropaning qanchalik sovrilganligini o’tgan asrda guvohi bo’ldik. Shu sababli, yer yuzining erkinlik tarafdori va tinchliksevar tabaqalari dunyoda tinchlik hukm surishi uchun “mo’tadil g’arb” bilan hamkorlik qilishi maqsadga muvofiq bo’ladi.

Ankara Yildirim Beyazit Universiteti Siyosiy bilimlar Fakulteti dekani Prof. Dr Kudret Bulbulning mavzuga doir mulohazalarini e’tiboringizga havola qildik.


Tanlangan kalimalar: #Yevropa , #g'arb , #islom , #radikalizm , #tarix , #Kudret Bülbül

Aloqador xabarlar