Turkiya nazaridan Yaqin Sharq 10-qism

Dasturimizning bugungi sonida Arab ittifoqi va ittifoqning muvaffaqiyatsizlikka to'lgan o'tmishi haqida so’z qilamiz.

923595
Turkiya nazaridan Yaqin Sharq 10-qism

Aziz dasturimiz muxlislari,

Ikkinchi Jahon urushi ortidan xalqaro tashkilotlar global siyosatning muhim aktyorlariga aylana boshladi. Bu jarayonda Arab davlatlari duch kelgan muammolarni birgalikda hal qilish maqsadida 1945-yili tashkil topgan Arab ittifoqi, ayniqsa oxirgi yillarda mintaqaviy bir necha masalani hal qilishdagi muvaffaqiyatsizligi yuzasidan arab xalqi oldida o’z hurmatini yo’qotdi. Arab ittifoqining, ham mintaqaviy muammolarni hal qilishdagi ham da Yaqin Sharq geografiyasidagi siyosiy, iqtisodiy va madaniy hamkorlikni rivojlantirishdagi muvaffaqiyatsizligi, ittifoqning tashkil topilishidagi sabablarning surishtirilishiga yo’l ochmoqda. Ayniqsa Isroilning Falastinni bosib olish siyosatlari oldida Arab davlatlarini birlashtirib, Isroilga qarshi turishlarini ta’minlay olmagan Arab ittifoqi, 2017-yilning iyun oyida, Ko’rfaz mintaqasidagi mamlakatlar o’rtasida boshlagan muammoning terang tus olishi oldida ham, jimjirt edi. Ittifoqning muammoni hal qilishdagi yana bir qiyinchiligi, Suriyada davom etgan ichki urush desak mubolag’a bo’lmaydi. Yuz minglab kishining jon berishi va millionlab insonning o’z uy-joyini tark etishini tomosha qilib o’tirishi bilangina cheklanib qolgan Arab ittifoqi hozirda disfunksional tuzilishga aylangan vaziyatda. Arab ittifoqining Suriya masalasi oldidagi bu muomalasi, yaqindagina diplomatik muzokara sifatida xalqaro ommaviy axborot vositasi kun tartibida o’rin oldi. Arab ittifoqi Bosh kotibining Myunxen Xavfsizlik sammiti chog’ida Turkiya tomonidan Suriyaning Halab viloyatining Afrin tumanini terroristlardan qutqarish maqsadida olib borilgan “Zaytun novdasi” amaliyotini tanqid qilishi va “Anqaraning bir arab davlati ishiga aralashganligini” ta’kidlashi, yuqorida nomi tilga olingan panelda Turkiya nomidan ishtirok etgan Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’lining qattiq e’tiroz bildirishiga yo’l ochdi.

Chavusho’g’li, misrlik diplomat Ahmad Abu al-G’aytning bayonotiga javob berar ekan Arab ittifoqining Suriya rejimi siyosatiga aralasholmagan bir paytida Turkiyani tanqid qilishga harakat qilishining o’rinsiz ekanligini qayd etdi. Arab ittifoqi tarkibidagi bir davlat liderining kimyoviy quroldan foydalanishi va yarim million insonning umriga zomin bo’lishiga tashkilot tomonidan monelik qilinolmaganligini ta’kidlagan Mevlut Chavusho’g’li, “Ittifoqning, Suriyada harbiy amaliyotlar va hujumlar uyushtirgan AQSh va boshqa g’arblik mamlakatlarni ko’rmaslikka olib, Turkiyani tanqid qilishi qabul qilinmay turgan darajada noto’g’ri ekanligini” ifoda etdi. Chavusho’g’lining bu haqli tanqidini yana-da yaxshiroq tushntira olish uchun Arab ittifoqining muvaffaqiyatsizlikka to’lgan o’tmishini ko’rib chiqishning foydasi bor degan fikrdamiz.

Arab davlatlari o’rtasidagi hamkorlikni orttirish va mintaqaviy xavfsizliklarga qarshi birgalikda kurash olib borish maqsadida ittifoq tarkibiga kirgan Misr, Iroq, Suriya, Livan, Saudiya Arabistoni va Iordaniya tomonidan 1945-yili tashkil topgan Arab ittifoqi, tashkil topganidan beri o’z tarkibiga yangi a’zolarni qo’shib olgan holda 22 a’zodan iborat mintaqaviy tashkilotga aylandi. Ittifoqning iqtisodiy va madaniy hamkorligi cheklanagan bo’lib, siyosiy jihatdan tashkil topgan davrda belgilab olingan rejalarini ishga oshirolmadi. Buning eng konkret o’rnagi sifatida, Arab ittifoqining Falastin-Isroil muammosini hal qilishdagi jimjirtligidir. Tashkil topganidan beri Isroilning siyosatlariga qarshi faqatgina bayonotlar bergan lekin hech qanday sanksiya kiritish kuchiga ega bo’lmagan qarorlar qabul qilgan Arab ittifoqi, a’zolarining turli-tuman manfaat quyg’ulari yuzasidan foydali va mushtarak siyosat yo’lga qoyishda, qiyinchiliklarga duch keldi. Bu vaziyatni eng qulay, Isroilga qarshi 1948-yili boshlatilgan boykot harakatlaridan ko’rish mumkin. Arab ittifoqi tomonidan Isroilga qarshi boshlatilgan boykot qarori, uzoq yillar mobaynida ba’zi a’zo davlatlar tomonidan ko’rmaslikka olindi. Misr 1979-yili, Iordaniya 1994-yili Isroil bilan tinchlik shartnomasiga qo’l qo’yar ekan, ortidan boykot harakatini to’xtatdi. G’arbiy Sohildagi Falastin boshqaruvi esa 1993-yili Isroil bilan qo’l qo’ygan shartnoma asosida boykot haratani to’xtatdi. Ortidan 1996-yili qabul qilingan qaror bilan Ko’rfaz Hamkorlik kengashi a’zolari, Isroilga qarshi boykot e’lon qilishlikning, mintaqadagi tinchlikka salbiy ta’sir ko’rsatish ehtimoli bilan boykot e’lonini rasmiy ravishda to’xtatdi. Arab ittifoqining muammoni hal qilishdagi muvaffaqiyatsizligi 2010-yili boshlagan Arab to’ntarishlari chog’ida o’zini yana-da yaqqol ko’rsatdi. Bunga ko’ra ittifoq, Suriya va Yamanda davom etgan ichki urushlarni to’xtatish masalalarida hech qanday yo’l topolmadi. Mintaqa mamlakatlari o’rtasida hamkorlikni orttirishni maqsad qilgan Arab ittifoqi o’z maqsadidan uzoqlashgandek. Buning sabablaridan yana biri o’tgan yilning iyun oyida boshlagan Ko’rfaz muamosida kuzatildi. Unda Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari va Bahraynning Qatarga qarshi boshlatgan siyosiy va iqtisodiy sanksiyalarga Arab ittifoqining eng kuchli a’zosi hisoblangan Misr ham qo’shildi. A’zolari o’rtasida siyosiy, iqtisodiy, madaniy va ijtimoiy hamkorlikni orttirishni ko’zlagan Arab ittifoqi, bu to’rt tarmoqning hammasida ham Qatarga qarshi kiritila boshlagan sanksiyalarga hech qanday chora ko’rmadi.

Natijada bugungi kundagi siyosiy konyunkturada Arab ittifoqining disfunksional tuzilishga ega va foydalanish muddatining tugaganligini ta’kidlasak adashmagan bo’lamiz. Global ma’noda demokratiyalasish keng tarqagan bir davrda, bir necha a’zosi avtoritar boshqaruvdan tashkil topgan bir ittifoqning qonuniyligi ko’rib chiqilishi kerak. Bu vaziyat 2016-yili yuz bergan bir voqea chog’ida o’zini yana-da yaqqol ko’rsatdi. Arab ittifoqining yigirma yettinchi, yillik sammitiga mezbonlik qilishi kutilgan Marokashning, “ittifoq tarkibidagi davlatlar o’rtasidagi kelishmovchiliklar” yuzasidan bu qaroridan voz kechishi mintaqa yetakchilarini hayratga soldi. Marokash Tashqi ishlar vazirligi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotda, “Sammitda, oldingi sammitlarda qabul qilingan qarorlarga o’xshash qarorlarning qabul qilinishi va Arab davlatlari o’rtasida bo’lmagan ittifoqning bordek ko’rsatishga xizmat qilishi” qayd etilar ekan bunga qo’shimcha sifatida, “Arab liderlarning bir-biri bilan aslida kelisholmaganligini qabul qilishi kerakligi” ta’kidlandi. Mart oyida o’tkazilishi rejalashtirilgan sammit, Mavritaniyaning o’tkazib berishni qabul qilishi ortidan iyul oyida bo’lib o’tdi. Bunga ko’ra Arab ittifoqi Bosh kotibi Ahmad Abu al-G’aytning Turkiyaning Afrin amaliyotiga bo’lgan muomalasi, ittifoqning emas, shaxsiy ko’z qarashi ekanligini ko’rsatmoqdadir. Sisi rejimi bilan ittifoq tarkibida o’rin olgan Misrdagi sobiq rejim aktyorlarining, Anqaraning Misrda 2013-yili yuz bergan to’ntarish haqidagi ko’z qarashi tufayli har fursatda Turkiyani tanqid qilishga harakat qilishi Abu al-G’aytning Afrin amaliyoti haqidagi bayonoti ortidagi asosiy motivatsiya deya baholandi.

Aziz dasturimiz kuzatuvchilari, 

Dotsent doktor Ismoil Numan Teljining “Anado’lu” axborot agentligida chop etilgan mavzu haqidagi muloxazasini e’tiboringizga havola qildik. 

 



Aloqador xabarlar