Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan muloqot qildi

Makron suhbat chog’ida Rossiyaning Sharqiy Gutada olgan “gumanitar tanaffus” qarori yetarsiz ekanligini ma’lum qildi.

923592
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan muloqot qildi

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefonda muloqot qildi.

Fransiya prezidentlik matbuot xizmati ma’lum qilishicha, suhbatda Suriyaning Sharqiy Guta hududidagi vaziyat muhokama qilindi.

Makron Rossiya va Suriya rejimi BMT xavfsizlik kengashining 2401-sonli qarorini qabul qilishi, tinch aholiga nisbatan hujumlarni to’xtatish uchun dangal qadamlar tashlashi kerakligini tilga oldi.

Makron suhbat chog’ida Rossiyaning Sharqiy Gutada olgan “gumanitar tanaffus” qarori yetarsiz ekanligini ma’lum qildi.

U BMT xavfsizlik kengashining 2401-sonli qaroriga binoan, gumanitar yordamlarni muhtoj insonlarga o’z vaqtida yetkazish kerakligini, lekin buning amalga oshmaganligini bildirdi.

Suriya rejimi yaradorlarni hududdan olib chiqib ketishga to’sqinlik qilganligini va sulh bitimiga amal qilmaganligini Putinga eslatib o’tgan Makron, Rossiyani bergan va’dasini bajarishga va ishonchni yo’qotmaslik uchun mas’uliyat olishga chaqirdi.

Eslatish joizki, Makron o’tgan hafta Suriyadagi gumanitar vaziyat va Sharqiy Gutani qo’lga olish uchun AQSh prezidenti Donald Tramp va Eron prezidenti Hasan Ruhoniy bilan muloqot qilgandi.

BMT xavfsizlik kengashi 24 fevral kuni olgan qarori bilan nafaqat Sharqiy Gutada, balki Suriya miqyosida tinch aholi uchun gumanitar tanaffus e’lon qilinishini talab qilgandi, biroq kechikmasdan darhol kuchga kirishi hukm qilingan sulh bitimining qanday boshlanishi noaniq edi.

Eng achinarlishi shuki, muxoliflar nazoratidagi Sharqiy Gutada taxminan 400 ming aholi 5 yildan beri qamal ostida kun kechirmoqda.

Aslida, Sharqiy Guta Ostona muzokaralarida “keskinlikdan holi zona” deb atalgan edi. Bunga qaramay, Rossiya kafolati ostida Beshar Asad rejimi o’tgan yili aprel oyidan e’tiboran Sharqiy Gutani yanada qisuvga olib, hujumlarni avj oldirgan edi.

Gumanitar inqiroz avj olgan hududda yuzlab ahvoli og’ir bo’lgan insonlar mavjud, minglab bemorlar hududdan qutqarilishni kutmoqda.

Bularning aksariyatini yosh bolalar va saraton kasalligiga chalingan og’ir kasallarni tashkil qiladi.

Sharqiy Gutada ko’plab bolalar ocharchilik va dori-darmonning yetarszligi tufayli nobud bo’ldi.

 

 

 

 



Aloqador xabarlar