PKK/KJK va PYD/YPG terror tashkilotlarining o'zaro aloqasi haqida e'tirof...

PKK/KJK va PYD/YPG terror tashkilotlarining o’zaro aloqasiga doir turli davlatlar tomonidan aytilgan izohlar to’g’risida bayonnoma.

911274
PKK/KJK va PYD/YPG terror tashkilotlarining o'zaro aloqasi haqida e'tirof...

PKK/KJK va PYD/YPG terror tashkilotlarining o’zaro aloqasiga doir turli davlatlar tomonidan aytilgan izohlar to’g’risida bayonnoma.

PYD/YPGning PKK/KJK terror tashkiloti bilan hamkor ekanligini isbotlovchi dalillar bir qator mamlakatlarning milliy xavfsizlik xizmatlari tomonidan qabul qilingan. Bu doirada PYD/YPGning terror tashkiloti ekanligiga va PKK bilan qondosh ekanligiga doir izohlar quyida o’rin olgan;

1. DAIShga qarshi kurash bahonasida Suriyada PYD/YPGni qurol, logistika va harbiy ta’lim bilan ta’minlagan AQShning tashqi xavfsizlik xizmati CIA rasmiy internet saytida PYD/YPGni PKK/KJKning Suriyadagi hamkori sifatida tan olgan. Ushbu xavfsizlik xizmati hujjatlarida PYD/YPG Suriyada faoliyat ko’rsatgan “xorijdan kelib chiqqan terror tashkiloti” sifatida ifoda etilgan. Bu bilan birga ushbu saytda PYDning sobiq yetakchisi Salih Muslim haqida PKK/KJKning Suriyadagi vakili sifatida bahs yuritilgan.

Qolaversa, AQShning 11 sentyabr voqealaridan so’ng, terrorizmga qarshi kurashda zarur koordinatsiyani yo’lga qo’yish uchun tashkil qilgan Milliy anti-terror markazi tomonidan PYD/YPGning PKK/KJK bilan hamkor ekanligi rasmiy ravishda e’tirof etilgan.

Bu haqdagi izoh keyinchalik CIAning rasmiy internet saytidan olib tashlangani kuzatiladi. CIA va Milliy anti-terror markazi tomonidan qabul qilingan bu izohlardan tashqari, Obama davridagi mudofaa vaziri Ashton Karter ham DAISh masalasiga bag’ishlangan senat yig’ilishida YPG bilan PKK o’rtasida aloqa borligini shaxsan e’tirof etgan edi.

2. Bu bilan birga 2018 yil 26 yanvar kuni o’tkazilgan brifingda AQSh kotibligi voizi Heather Nauert Afrin operatsiyasi va Turkiyaning mintaqadagi faoliyatlari bilan bog’liq izohida, mintaqadagi PYD unsurlarini “YPG” deyish o’rniga to’g’ridan “PKK” nomi bilan atagan. Keyinchalik bu xatosini tuzatmagan Heather Nauert: “Turkiya Suriya shimoli g’arbida DAIShdan yuz o’girib, PKKning payiga tushdi. U yerda barqarorlik hukm surishini istaymiz”,-degan edi.

3. AQSh oshkoralik bilan harbiy yordam bergan, xatto ittifoqdosh sifatida qabul qilgan PKK terror tashkilotining Suriyadagi hamkori PYDni 2013 yildagi NATO yig’ilishida terror tashkiloti sifatida tan olganligi, AQSh ham bu haqdagi hujjatga imzo qo’yganligi ma’lum bo’lgan edi.

NATO manbalaridan olingan ma’lumotga ko’ra, AQSh va boshqa NATO o’lkalarning ishtiroki bilan  2013- yili iyun oyida NATO qarorgohi joylashgan Brusselda NATO strategik  razvedka hujjat  faoliyati bo’lib o’tdi.

Faoliyatlar natijasida o’rtaga tashlangan hujjatda PYD/YPG, KJK  va PKK bilan bir qatorda “ bir terror tashkiloti” sifatida joy olmoqda. AQSh ham ushbu hujjatni qabul etib rasman tasdiq qilgan. Muhim bir NATO strategik razvedka hujjati bo’lgan MC-160da PYD, PKK bir terror tashkiloti sifatida rasmiy hujjatda zikr etilgan. 4 Suriya Demokratik kuchlari  tashkil topishi bilan aloqali, AQShning muhim tushuncha tashkilotlaridan Aspen institutining Kolorado shtatida bo’lib o’tgan yillik xavfsizlik  yig’ilishida PYDga doir muhim bayonotlar bergan AQSh maxsus  kuchlar qo’mondoni qo’shin general Raymond Thomas, Turkiya,  terror tashkiloti PKK bilan aloqali ko’rishi sababi bilan YPGga “ nomini o’zgartirishni ” tavsiya qilgan, shu bois tashkilot, nomini “ Suriya demokrat kuchlari” deb o’zgartirganini ifoda etgan. Thomas, nomini  o’zgarishi “ YPG  e’tiborini   yana bir orttirgan” deb ma’lum qilgan . YPG bilan PKK o’rtasida tushunilgan.

3

 YPG bilan PKK o’rtasidagi aloqalar muammoga sabab bo’lganini, YPGliklarga ham bu masalani  aytganini anglatgan Thomas, “ o’z markalari ustida faoliyat olib borishi kerak edi.  Eski mahsulotga, ya’ni PKK  bilan aloqasiga qaramli qolishga davom etgan taqdirda, aloqalarda  kutilmagan qiyinchiliklar poyda bo’ladi.” shaklida bayon etilgan. 52- Angliya birlashgan qirolik hukumati, Angliya parlamenti tashqi  aloqalar komissiyasi  Turkiyaga qarata 2016- yili  Mart oyida tayyorlagan “ Bosim mi? Turkiya uchun qaror zamoni, deputatlar ijobiy ingliz rolini himoya qiladi” sarlavhali 79 sahifali  hisobotga bergan javobda, Turkiyaning PKK shiddatiga qarshi qonuniy mudofaa haqiga ega deb ma’lum qilgan. Terror tashkiloti PKKning Birlashgan Qirolik terror tashkilotlari ro’yxatida o’rin olganiga ishora qilgan javobda, PKKning Suriyadagi davomi PYD/YPG bilan aloqali “ YPG birlashgan Qirollik terror ro’yxatida  ham o’rin olmoqda.

Ayni paytda, YPG va siyosiy qanodi PYDning PKK bilan mavjud aloqalaridan xavotirdamiz. Bu haqdagi xabarlarga e’tibor beramiz va PYD mavzusini kun tartibiga keltiramiz. YPG va PYDni PKKdan uzoq turishga chaqiramiz” degan mulohazasiga o’rin bermoqda. Shuningdek, Angliya, favqulodda elchisi Richard Moore, terror va Suriya masalasida muhim bayonotlar bergandir. PKKga qarshi kurash mavzusida Turkiyaning yaqin do’sti Angliya bo’lganiga diqqat qaratgan Moore, “Bu mavzuda uslubimiz ochiq; PKK bir terror tashkilotidir. PYD ham unga bog’li. PYDning ofisida Abdullah O’jalanning rasmini ko’rish mumkin” deb ifoda etgandir.                                                       

4

Agliyaning Yaqin Sharqdan mas’ul davlat vakili Alistair Burt esa, terror tashkiloti PKK bilan PYD/YPG o’rtasida, “Aloqani bilamiz. PYD va YPGning PKK bilan aloqasini uzish kerakligini bildirmoqda. Haqiqatlar maydonda” deb bayonot bergan. Shuningdek Burt, “PKK bilan aloqamiz yo’q lekin e’timoliy aloqalardan qayg’ulimiz va PYDni PKK bilan har turli aloqani uzishga chaqiramiz” deb ifoda etdi.  Boshqa tomonda,  Angliyada yashagan S.O’. nomli kishini,  Angliya sudi PKKga qo’shilganini bildirib 21 oy bo’yicha ozodikdan mahrum etgan edi. Ushbu kishi oilasiga yozgan maktub va video qaytida, Deashga qarshi kurashish uchun Ayn el-Arabga (Kobani) borish e’htimoli va PKKga qo’shilish kabi ifodalari Angliya sudining qarori, PKKga bog’li PYD/YPGning Suriyada foaliyat olib borganini dastaklar xususiyatda.  2018 yil 4-fervlar kuni Germaniyadagi xabarlarda, Germaniya majlisida so’zga chiqgan So’l Partiya qo’shimcha rahbari Katja Kijning, Turk qurolli kuchlarining Afrin operatsiyasini qoralagani va Nemis hukumatining bu operatsiyani qoralamaganiga norozichilik ko’rsatgani bildirilgan edi. Undan keyin Germaniya uchun Alternativa Partiyasi vakili Bystonning, Afrinda o’ldirilgan terroristlar uchun Nemis Majlisida motam tutgan So’l Partiya vakillariga bergan javobida, “Turkiya, Germaniyaning terror tashkiloti sifatida ko’rgan PKKning davomi YPGga qarshi jang qilmoqda” deb bildirdi.

  1. FETO va PKK munosabatini baholash

FETO/ PDY bilan PKK/ KCK terror tashkilotlari kelajakdagi dahshatli umumiy maqsadlariga erishish uchun o’zaro yashirin hamkorligini mustahkamlash niyatida o’z faoliyatlarini yana-da faollashtirish payida. Shunday ekan davlatning, yuqorida nomi tilga olingan terror tashkilotlari o’rtasidagi yashirin munosabatlarni o’rtaga chiqarib, bu boradagi proaktiv tarzdagi yo’ndashuvlarini orttirishi ijobiy natija tomon muhim hissa qo’shadi.

PKK/ KCK Ijroiya kengashi hamraisi Jemil Bayik tomonidan 2016-yilning 23-iyulida berilgan bayonot nazarda tutilganida; FETOga oidligi va FETO bilan aloqasining borligi yuzasidan ishdan uzoqlashtirilgan yoki chiqarilgan kishilar bilan ular oilalarining ham terror faoliyatlarida ishtirok eta boshlashi mumkin.

Terror tashkiloti yetakchisining bayonati e’tiborga olinganida; FETO tarkibida faol ravishda terrorist sifatida faoliyat olib borgan kadrodan tashqari; PKK/ KCK ning “Prezident Rajap Tayyip Erdog’anga qarshi” FETO a’zolari bilan yana-da tig’iz kurash olib borishni rejalashtirganligi va bundan, Xalqlarning Birlashgan Inqilob fronti tashkiloti a’zolari kabi bir-birlarini qo’llab-quvvatlash maqsadida foydalanilishi ko’zlangan bo’lishi mumkin.

Undan tashqari Jemil Bayikning yana huddi ana shu kungi boshqa bayonotini nazarda tutgan holda; tashkilotning, 15-iyuldagi to’ntarish tashabbusidagi xalqqa qaratilgan hujumlarning huddi FETO tomonidan qo’l urilmagandek aks ettirib, kelajakda, ochiq ittifoqga aylanish ehtimoli bo’lgan munosabatini himoya qilish payiga tushgan bo’lishi mumkinligini qayd etish mumkin.

Turkiyaning Shanliurfa viloyatida 2016-yilning aprel oyida xavfsizlik xodimlari tomonidan amalga oshirilgan amaliyotlar natijasida PKK/ KCK terror tashkiloti a’zosining FETO/ PDY terror tashkilotiga oid bir uyda yashaganligi aniqlangan edi. Ana shu voqeani nazarda tutgudek bo’lsak; PKK/ KCKning FETO/ PDYni terakt tayyorgarliklari chog’ida kamuflaj maqsadida foydalangan bo’lishi mumkinligini aytish mumkin.

PKK/ KCK Ijroiya kengashi a’zosi Duran Kalkan tomonidan 2016-yilning 27-iyunida MED NUÇE TVga bergan bayonotida; “Tayyip Erdog’anning o’z vazifasidan 2016-yilning may oyida uzoqlashtirilajagi haqida mish-mishlar tarqagani, buning kim tomonidan va qanday qilib amalga oshirilishi haqida hech qanday ma’lumotning yo’qligi” qayd etilgan. Eng muhimi bu bayonotning 2016-yilning 15-iyulida qo’l urilgan to’ntarish tashabbusidan oldin berilganligini nazarda tutgudek bo’lsak unda mazkur bayonot e’tiborga olinishi darkor.

Shu doirada terror tashkilotining 2015-yilning avgust oyidan e’tiboran o'zini o'zi boshqarishni e’lon qilishi va 2015-yilning dekabr oyidagi teraktlarini viloyat/ tuman markazlarida yoyishi; 2016-yilning may oyidan boshlab bir xil vaqtning o’zida qishloq va shaharlarda birgalikda faoliyat uyushtirish borasida strategiya tanlashi, Turkiyada va chet elda qo’lga kiritilgan ma’lumotlar natijasida biron nimalar qo’lga kiritish maqsadida amalga oshirlgan bo’lishi mumkin.

Lekin xavfsizlik xodimlari tomonidan olib borilgan samarali amaliyotlar natijasida o’z maqsadiga erisholmagan terror tashkilotining hafsalasi pir bo’lganligini avval ham ta’kidlagan edik. Terror tashkiloti bundan keyingi jarayonda yana mag’lubiyatga uchragudek bo’lsa unda “inqilobchi xalq urushi strategiyasi” doirasida a’zolarining orttirilishi, qurollanish faoliyatlarining avj olishi, strategik ahamiyatga ega bo’lgan mintaqalarda joylashishi va hujum tayyorgarligi kabi faoliyatlarini kengaytirishi mumkin.

FETO/ PDY terror tashkilotining 15-iyul kungi to’ntarish tashabbusi ortidan tabiiy olaroq nomi tilga olingan tashkilot mamlakat kun tartibida avvalgiga qaraganda yana-da ko’proq olib chiqila boshladi. Buning ustiga PKK/ KCK terror tashkilotining ayniqsa Qora dengiz, sharqiy va janubi-sharqiy Anadolu mintaqalarida xavfsizlik kuchlariga ziyon berishni ko’zda tutgan qurolli hujumlarining avj olganligi kuzatildi. Terror tashkilotining bu orqali takror mamlakat kun tartibini band qilib, mamlakatga xavf tug’dirib, mavjud talablarini faol tutishni ko’zlaganligini aytish mumkin.

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #PKK , #PYD , #PKK terror tashkiloti , #AQSh , #Suriya , #DAISh

Aloqador xabarlar